Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 449           Дата: 18-08-2016, 17:53          
O'zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi o'tkazilmoqda

Shahar va qishloqlarda, mahallalar va mehnat jamoalarida tevarak-atrofni tartibga keltirish, obodonlashtirish, ariq-zovurlar, hiyobonlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustda qabul qilingan farmoyishi bu boradagi ishlar ko'lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo'lmoqda.

Obodonlashtirish va tozalik oyligi tadbirlari poytahtimizda ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. «Mahalla» hayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo'limidan ma`lum qilishlaricha, obodonlashtirish ishlari jarayonida mahallalar, aholi punktlari, ko'p qavatli uylar, hovlilar, bog' va sayilgohlarni tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan joyga chiqarib tashlash, ko'chalarni ta`mirlashga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Poytahtimizning Shayhontohur tumanida mahallalar hududidan o'tadigan yuzga yaqin ko'cha ta`mirlanib, namunaviy ko'chaga aylantirilmoqda.

– Mahallamiz hududidan o'n uchta ko'cha o'tadi, – deydi Shayhontohur tumani “Labzak” mahalla fuqarolar yig'ini mas`ul kotibi Hafiza Sobirjonova. – Ushbu yo'llarni ta`mirlash va tevarak-atrofini obodonlashtirish ishlarida aholi faol ishtirok etmoqda. Bugungi kungacha yo'llarning qariyb yarmi ta`mirlandi va ko'chalar namunaviy holatga keltirildi.

Keyingi yillarda mahallalarda yana bir zamonaviy infratuzilma – bolalar o'yin maydonchalari ham ko'paymoqda. Bunday maskanlar nafaqat bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, balki salomatligini mustahkamlash, ularni jismonan chiniqtirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir maydonchada o'nga yaqin o'yin qurilmasi o'rnatilgan. Bunday maskanlarning tehnik holati, tozaligi mahalla tomonidan doimiy nazorat qilinadi. Yaroqsiz holga kelgan o'yin qurilmalari yangilanib, takomillashtirilib borilmoqda.

Ko'p qavatli uylarni ta`mirlash, ko'chalarni yoritish tizimini modernizatsiyalash, chiqindi yig'iladigan maydonchalarning moddiy-tehnik holatini yahshilash ishlari davom etmoqda. Bu jarayonda mahallalarning uy-joy mulkdorlari shirkatlari, “Mahsustrans” korhonasi, Obodonlashtirish boshqarmasi bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygani yahshi samara bermoqda.

– Toza-ozoda, obod joyda fayzu baraka bo'ladi, – deydi Shayhontohur tumani “Oqilon” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Alisher Ahmedov. – Shuning uchun yurtimizda katta shodiyonalar, bayramlar oldidan umumhalq hasharlari uyushtirilib, honadonlar, mahalla, ko'cha va hiyobonlar, guzarlar, muqaddas qadamjolarni yanada obod qilish yahshi an`anaga aylangan. Halqimizga hos bunday hayrli ishlarda pok niyatlarimiz, ezgu orzu-maqsadlarimiz o'z ifodasini topmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida obodonlashtirish va tozalik oyligi o'tkazilishi ham eng ulug', eng aziz ayyomni yurtimizning har bir go'shasida munosib nishonlashga hizmat qilmoqda.

Shu kunlarda obodonlashtirish va tozalik oyligini, 20-21 avgustda o'tadigan umumhalq hayriya hasharini yuqori saviyada, keng aholi ishtirokida o'tkazishga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Bu jarayondagi ishlarni izchillik bilan tashkil etish maqsadida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari huzurida ishchi guruhlar shakllantirildi. Tozalik va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashganlarni munosib rag'batlantirish maqsadida honadonlar, ko'chalar, mahallalar, obodonlashtirish ishlariga munosib ulush qo'shayotgan homiy tashkilotlar va tadbirkorlar o'rtasida tanlovlar e`lon qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031