Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirini qabul qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 344           Дата: 18-08-2016, 08:22          
Islom Karimov Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17 avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Hon Yun Sukni qabul qildi. Bu haqda O'zA habar berdi.

Davlat rahbari mehmonni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, O'zbekiston Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashini va bu munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida e`tibor qaratishini ta`kidladi. Islom Karimov ushbu tashrif o'zaro manfaatli hamkorlikni, ayniqsa, davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish va «Elektron hukumat»ni joriy etish sohasidagi aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Hening 2014 yil iyun' oyida Toshkentga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil may oyida Seulga davlat tashriflari mamlakatlar o'rtasidagi keng ko'lamli hamkorlikning har tomonlama, avvalo, iqtisodiy sohada izchil rivojlanishiga yangi sur`at bag'ishladi. Ushbu tashriflar yakuniga ko'ra yuzdan ortiq hujjat, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, tehnologik va moliyaviy sohalarda hamkorlikka oid umumiy qiymati 9,5 milliard AQSh dollaridan ziyod bo'lgan bitimlar imzolangan.

Islom Karimov Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vazirini qabul qildi

Janubiy Koreya O'zbekistonning asosiy investitsiyaviy va tehnologik hamkorlaridan. O'zbekistonning ko'p yillik ishonchli sheriklari — Janubiy Koreyaning GM Korea, Korean Air, KOGAS, Lotte, GS, Posko Daewoo, Samsung, Shingdong, Kolon kabi Yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft'-gaz, elektrotehnika, to'qimachilik sohalari, qurilish materiallari va farmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish borasida yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilgan va bu hamkorlik izchil davom etmoqda.

Koreya Respublikasining O'zbekiston iqtisodiyotiga yo'naltirgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Mamlakatda Janubiy Koreya investitsiyasi ishtirokida tashkil qilingan 440 korhona faoliyat yuritmoqda, 77 kompaniyasi vakolathonalari ochilgan.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri Hvan Gyo Anning joriy yil may oyida O'zbekistonga tashrifi chog'ida Surg'il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ochilgani va bu zavod mamlakatlar o'rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikning amaldagi ifodasi bo'lganini alohida ta`kidlash darkor.

Ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari sohasidagi hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning tehnik ko'magida O'zbekiston Respublikasida «Elektron hukumat» tizimini joriy etish, ushbu soha mutahassislarini o'qitish va malakasini oshirish bo'yicha loyiha hayotga tatbiq etildi. LG CNS kompaniyasi bilan 2014 yil iyun' oyida imzolangan hamkorlik to'g'risidagi memorandumga muvofiq tashkil etilgan «LG CNS O'zbekiston» qo'shma korhonasi «Elektron hukumat» tizimi hamda mamlakat iqtisodiyotining real sektori uchun ahborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish borasida faoliyat yuritmoqda.

Hon Yun Suk samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi O'zbekiston Respublikasi bilan keng ko'lamli va o'zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн