Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston – Janubiy Koreya hamkorlik forumi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 183           Дата: 17-08-2016, 22:15          
O'zbekiston – Janubiy Koreya hamkorlik forumi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va “Elektron hukumat”ni joriy etish sohasida O'zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligi forumi bo'lib o'tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, mas`ul hodimlari, ahborot tehnologiyalari va telekommunikatsiyalar, savdo, sarmoya, iqtisodiyot, arhiv, intellektual mulk, ta`lim, sud-huquq kabi sohalarga ihtisoslashgan vazirlik va idoralari, kompaniya va kontsernlari, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari, Yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G'aniYev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Mannon AliYev, Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Hon Yun Suk, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muhtor elchisi Kvon Yon U va boshqalar O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasidagi hamkorlik ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar asosida har tomonlama rivojlanib borayotganini alohida ta`kidladi.

O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko'tarilgan. O'zaro manfaatli aloqalar barcha sohalarni qamrab olgan. Hususan, turli jabhalarga yuqori tehnologiyalarni joriy etish borasida faol hamkorlik qilinmoqda. Janubiy Koreya mutahassislari va ishbilarmonlari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlari, davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy tehnologiya va nou-haular joriy etilib, ko'plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda ahborot tehnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini keng joriy etishda Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilinayotgani bejiz emas. Zero, Koreya Respublikasi ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari sohasida dunyoda Yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Janubiy Koreyaning yalpi ichki mahsulotida ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni tashkil etadi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda mazkur soha rivojiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi qonuniga muvofiq bunga huquqiy asos yaratildi. 2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasining Milliy ahborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi asosida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha sohalarga ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari izchil joriy qilinmoqda. Ahborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishi jadallashib, aholi va tadbirkorlik sub`Yektlariga ko'rsatilayotgan interaktiv davlat hizmatlari soni va sifati oshmoqda.

Bu jarayonlarning barchasini o'zida jamlagan “Elektron hukumat” tizimi davlat va jamiyat o'rtasidagi aloqalarning muhim vositasiga aylanayotir. Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali yuridik va jismoniy shahslarga ko'rcatilayotgan hizmatlar salmog'i oshib bormoqda. Bu jarayonda kommunikatsiya tarmoqlari tehnik va tehnologik qayta jihozlanib, interaktiv hizmat ko'rsatish sifati sezilarli darajada yahshilanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Fan, ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari va kelajakni rejalashtirish vazirligi o'rtasida samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz ahborotlashtirish milliy tizimi shakllanishida muhim o'rin tutmoqda. Janubiy koreyalik mutahassislar yurtimizda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga ko'maklashmoqda. Sohada o'zaro tajriba almashish yo'lga qo'yilgani o'z samaralarini bermoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ta`lim halqaro standartlarga muvofiq, zamonaviy ahborot-kommunikatsiya va innovatsiya tehnologiyalari asosida olib borilmoqda. Akademiya ko'plab davlatlar qatori Janubiy Koreyaning ilmiy-tadqiqot va ta`lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Toshkent shahrida faol va samarali ish yuritayotgan Janubiy Koreyaning Inha universiteti filialida talabalar dasturiy ta`minot mahsulotlari ishlab chiqarish, ahborot tizimlari va komp'yuter tarmoqlarini boshqarish bo'yicha halqaro standartlar darajasida ta`lim olmoqda. Toshkent ahborot tehnologiyalari universiteti huzurida “Elektron hukumat” o'quv markazi, O'zbekiston – Janubiy Koreya ahborot tehnologiyalari markazi faoliyat ko'rsatmoqda. 2012 yilning oktyabridan ahborotlashtirish sohasida O'zbekiston – Janubiy Koreya kengashi faoliyat yuritmoqda.

Forumda mehmonlarga mamlakatimizda “Elektron hukumat”ni joriy etish va davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, AKT sohasini rivojlantirish, bu yo'nalishda halqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi. Janubiy koreyalik mutahassislar O'zbekistonda davlat va jamiyat hayotida zamonaviy ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalaridan foydalanish, tehnologiyalar va infratuzilmalarni rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash va mutahassislar malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi.

– O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasidagi strategik sheriklik tobora mustahkamlanib borayotgani bizni g'oyat quvontiradi, – dedi Hon Yun Suk. – Oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikning izchil rivojlanishida muhim omil bo'lmoqda. Tashrifimiz doirasida “Navoiy” intermodal logistika markazida bo'lib, O'zbekistonning iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotganiga guvoh bo'ldik. Mazkur forum davlat boshqaruvi sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va uni yanada rivojlantirish, sohaning turli yo'nalishlari bo'yicha fikr va tajriba almashish, nou-haularni joriy etish, mamlakatlarimiz iqtisodiy qudratini yanada oshirishga hizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston halqini yaqinlashib kelayotgan mamlakatingiz davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Forumda mamlakatimizda davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e`tibor qaratilayotgani, bu borada Janubiy Koreyaning ilg'or tajribasidan foydalanilayotgani qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari davlat boshqaruvi sohasini yanada rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, elektron hujjat va ahborot almashish, arhiv hujjatlarini saqlash, raqamlashtirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashdi.

O'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sohaga zamonaviy ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini keng joriy etish, kadrlar tayyorlash va mutahassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

“O'zarhiv” agentligi bilan Koreya Respublikasi Milliy arhivi o'rtasida hamkorlik bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Hon Yun Sukka O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Fahriy doktori unvoni topshirildi.

Koreya Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o'tkazdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031