Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Onalik va bolalik – Davlat muhofazasida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 158           Дата: 17-08-2016, 21:29          
Onalik va bolalik – Davlat muhofazasida

Yaqinda Oliy Majlis Senatining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tishi kutilmoqda. Parlamentning quyi – Qonunchilik palatasi ham bir qator qonun loyihalarini Senatning VI sessiyasi muhokamasiga kiritmoqda. Bu haqda Norma.uz sayti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aliya Yunusovaga asoslangan holda habar qilgan.

Shunday hujjatlar orasida Qonunchilik palatasi tomonidan uch o'qishda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish to'g'risida»gi qonun loyihasi ham bor.

«Sog'lom ona va bola» Davlat dasturining ikkinchi bandi Jinoyat kodeksiga 3 yoshgacha farzandi bo'lgan onalarga nisbatan (ularning bolani tarbiyalash bo'yicha ta`tilga chiqishidan qat`iy nazar) jinoiy qonunchilikni yanada liberallashtirishga qaratilgan o'zgartishlar kiritish belgilangan. Unga muvofiq, bunday ayollarni ahloq tuzatish ishlariga jalb etmaslik ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Asosiy Qonunining 65-moddasiga binoan, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi. Konstitutsiya talablarini ijro etish maqsadida, Jinoyat kodeksining 46-moddasida ahloq tuzatish ishlari homilador ayollar va onalik sababli ta`tilga chiqqan ayollarga qo'llanilmaydi.

Mazkur moddaga muvofiq, (yarim yildan 3 yilgacha bo'lgan) ahloq tuzatish ishlari sudlanuvchining ish joyi yoki boshqa joyda o'tkazilib, ish haqining 10dan 30 foizgacha bo'lgan qismini davlat hisobiga o'tkazishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu qoidalar, nafaqa yoshiga Yetganlarga, mahnat layoqatiga ega bo'lmaganlarga, homilador va onalik bilan bog'liq ta`tilga chiqqan ayollarga hamda harbiy hizmatchilarga nisbatan qo'llanilmaydi.

Milliy qonunchilik tahlili shuni ko'rsatdiki, Jinoyat kodeksining 46-moddasi onalik bilan ta`tilda bo'lgan ayollarga nisbatan ahloq tuzatish ishlarini qo'llashga imkoniyat bermaydi. Biroq, mazkur me`yor doimiy ish joyiga ega bo'lgan ayollarga nisbatan qo'llaniladi. Shu bilan ishsiz ayollarning huquqi poymol qilingan bo'ladi. Ayni nuqson Oliy sud plenumi tomonidan qabul qilingan «Sudlarning jinoiy jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida»gi qarorining 19-bandi bilan to'ldirilgan.

Ayni toifadagi ayollarning huquq va manfaatlarini, ularning mehnat faoliyatidan qat`iy nazar ta`minlash maqsadida, shuningdek, jinoiy jazolarni liberallashtirish uchun mas`uliyatli organlar bilan kelishilgan holda 3 yoshgacha farzandi bo'lgan har qanday onaga ahloq tuzatish jazosini tayinlamaslik to'g'risidagi qonun loyihasi tayyorlangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн