Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Namanganda «Mustaqillik sayohati» bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 221           Дата: 17-08-2016, 11:39          

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 iyundagi «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida»gi Qarori ijrosini ta`minlash, «Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!» degan ezgu g'oya asosida viloyatimizdagi kam ta`minlangan oilalar farzandlari qalbida Vatanga nisbatan fahr va iftihor tuyg'ularini yanada kuchaytirish, istiqlol yillarida erishilgan shonli yutuqlarimizning mazmun - mohiyatini keng tushintirish ishlari olib borilmoqda. Shu maqsadida «Namangan yoshlar markazi» tashabbusi bilan Viloyat hokimining chora -tadbirlar rejasiga asosan, shahar tuman hokimliklari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat Halq ta`limi boshqarmasi, «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi, «Mahalla» hayriya jamoyat fondi viloyat bo'limi boshqaruvi, O'zbekiston MK «Vatanparvar» tashkiloti viloyat Kengashi va bir qator tashkilotlar, OAV vakillari ishtirokida joriy yil 16 avgust kuni Namangan shahrining diqqatga sazovor hududlari bo'ylab «Mustaqillik sayohati» loyihasi yuqori saviyada o'tkazildi.

Loyiha ishtirokchilari viloyatimiz yoshlarining sevimli maskaniga aylangan «Namangan yoshlar markazi»da tantanali ravishda kutib olindi.

Shundan so'ng yurtimizda ishlab chiqarilgan 25 ta “Kaptiva” rusumli zamonaviy avtomobillarda sayohat boshlandi.

Loyiha doirasida istiqlol yillarida bunyod etilgan mahobatli inshootlar hamda ularda yoshlarning chinakam barkamol bo'lib ulg'ayishlari uchun yaritlgan qulay shart-sharoitlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida “Navbahor” markaziy o'yingohi, «Kichkintoylar bog'i» hamda viloyat O'lkashunoslik muzeylariga avtosayohat tashkil etildi.

Ishtirokchilarni madaniy hordiq chiqarishlari uchun sayohat yakunida «Namangan yoshlar markazi» katta zalida viloyatimizning iste`dodli san`atkorlari tomonidan Vatanimizni madh etgan kuy-qo'shiqlar, bayramona sho'h taronalar hamda qiziqarli sahna ko'rinishlari yig'ilganlar tomonidan zavqli raqslar va guldiros olqishlar bilan qabul qilindi. Faol ishtirokchilar tantanali ravishda tashkilotchilar tomonidan joriy etilgan diplom va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Loyihaga jalb etilgan 100 nafardan ortiq yoshlarning qalbida yorqin taasurotlar va zavqli lahzalarni muhrlay olgan «Mustaqillik sayohati» ana shunday yuqori saviyada o'z nihoyasiga etdi.

Namanganda «Mustaqillik sayohati» bo'lib o'tdi

Namanganda «Mustaqillik sayohati» bo'lib o'tdi

Namanganda «Mustaqillik sayohati» bo'lib o'tdi

Namanganda «Mustaqillik sayohati» bo'lib o'tdi

Namangandan
Humoyunmirzo AbdullaYev,
Hojiakbar PattaYev

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031