Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Chechenistonda o'zbekistonlik me`morlar loyihasi asosida masjid qurilishi poyoniga Yetmoqda.

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 339           Дата: 16-08-2016, 17:39          
Chechenistonda o'zbekistonlik me`morlar loyihasi asosida masjid qurilishi poyoniga Yetmoqda.

Rossiyaning Checheniston respublikasi Shali tumani markazidagi «Shali-Siti» turar joy majmuasi yaqinida Ramzan Qodirov masjidi barpo etilmoqda. U yilning ohirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, deb habar qilmoqda EADaily.com nashri.

O'zbekistonlik me`morlar tomonidan loyihalashtirilgan masjid, har biri 63 metr bo'lgan to'rt minora va balandligi 43 metr bo'lgan qubbaga ega bo'ladi. Uning qurilishi 2012-yilda boshlangan bo'lib, asosiy karkasi qurib bitkazilgan, endilikda ichki va tashqi pardoz-andoz ishlari boshlanmoqda.

Habarlarga ko'ra, masjid chiroyi va uslubi bo'yicha dunyoda tengsiz bo'lib, uning ichki va tashqi devorlari oq yunon marmari bilan bezatiladi. Italiyalik mutahassislar yoritish tizimi ustida ish olib borishmoqda. O'zbekistonlik me`morlar tomonidan loyhalashtirilgan masjid, qadimiy Buhoro va Samarqand masjidlari uslubini o'zida mujassamlashtirgan. Bu Chechenistonning O'zbekistonda joylashgan so'fiylik markazlari bilan o'zaro bog'liqlik timsoli hisoblanadi.

Masjidning qadimiy o'zbek masjidlari uslubida qurilishi Qodirovlar oilasining O'zbekiston bilan bo'lgan aloqasiga yana bir bor urg'u beradi. Ma`lumki, Ramzan Qodirovning otasi, marhum Ahmad Hoji Qodirov dastlab Buhorodagi Mir-Arab madrasasida ta`lim olgan, keyin Toshkentdagi Islom institutida tahsilni davom ettirgan. Ahmad Qodirov, o'qish davrida O'zbekiston birinchi muftiysi, Islom olamining yirik allomalaridan biri Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan ta`sirlangan va ular keyinchalik oilaviy do'stlashib ham ketgan. Shayh Muhammad Sodiqning vafotidan keyin Grozniy shahri ko'chalaridan biriga uning nomi qo'yilgan edi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031