Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sudlar faoliyatining tizimli tahlili odil sudlov samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 327           Дата: 16-08-2016, 15:58          
Sudlar faoliyatining tizimli tahlili odil sudlov samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi

Bugunga kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalashning ishonchli kafolatini yaratishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda. Natijada sudlarning vakolati izchil kengaytirilib, odil sudlovni amalga oshirishda ularning holisligi va mustaqilligi kafolati mustahkamlanmoqda.

Zotan, umumyurisdiktsiya sudlarida joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlarning tahlili bilan bog'liq quyi¬dagi dalil va raqamlar, fikrimizga yorqin dalil bo'la oladi.

Avvalambor, sudlar tomonidan hisobot davrida mamlakatimizda qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolarning tinchligini ta`minlash, odil sudlovning sifat va samaradorligini oshirishga, sud-huquq islohotlari doirasida qa¬bul qilingan qonunlarni amalga samarali tatbiq etishga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu o'rinda raqamlarga to'htaladigan bo'lsak, joriy yilning o'tgan olti oyida fuqarolik ishlari bo'yicha respublika sudlarining ish yurituviga 167 mingdan ortiq fuqarolik ishi kelib tushgan bo'lib, bu ko'r¬satkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,4 foizga ortgan.

Shundan 139 mingdan ortiq fuqarolik ishi sudlar tomonidan ko'rib chiqilgan. Ko'rib tamomlangan ishlar salmog'i o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9 ming 480 taga yoki 7,3 foiz ko'p demakdir.

Albatta, bu ko'rsatkichlar halqimizning huquqiy ongi yuksalayotgani, buzilgan huquq va manfaatlarni sud tartibida tiklash ko'nikmasi mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi. Qolaversa, bu raqamlar fuqarolarning sudlarga nisbatan ishonchi ortib borayotganining o'ziga hos ifodasi hamdir.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hisobot davrida, o'tgan yilning shu davriga nisbatan, turar-joydan ko'chirishga doir ishlar — 20,2 foiz, mulkni ro'yhatdan chiqarishga doir ishlar — 15,7 foiz, bitimlar bilan bog'liq nizolarga doir ishlar — 12,9 foiz o'sgan bo'lsa, mehnat vazifasini bajarishda hodimlar tomonidan keltirilgan mulkiy zararni undirish bilan bog'liq ishlar — 42,8 foiz, ish haqini undirish bilan bog'liq ishlar — 33,1 foiz, bola ta`minoti uchun aliment undirish bilan bog'liq ishlar — 28,0 foizga kamaygan.

Shuni ham aytish joizki, 2015 yilning birinchi yarim yilida tadbirkorlarning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog'liq 93 ta ish ko'rilgan bo'lsa, 2016 yilning shu davrida bu ko'rsatkich 48 tani tashkil qilgan. Demak, o'tgan davrda bunday toifadagi ishlar soni 45 taga yoki 51,6 foizga kamaygan.
Bu, o'z navbatida, hususiy mulk va hususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, bu yo'lda g'ov bo'lib turgan barcha to'¬siq va cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar samarasidir.

Shu davrda jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan 29 mingdan ortiq jinoyat ishi ko'rib chiqilgan.

Ma`lumki, har qanday jinoyat kishilar hayoti va sog'lig'iga, jamiyat va davlat manfaatiga jiddiy havf soladi.

Shu boisdan ham jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishga doir ishlar ko'lamini kengaytirish, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning o'zaro hamkorligini yanada kuchaytirish zarur.

E`tiborli jihati shundaki, o'tgan davrda o'g'irlik, bezorilik, giyohvandlik va harakat havfsizligi qoidalarini buzish bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha sudlanganlik sezilarli darajada kamaygan.

Demak, bunday toifadagi jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o'zining ijobiy samarasini bermoqda.
Shuni ham aytish joizki, hisobot davrida voyaga Yetmagan shahslarning sudlanganligi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 150 nafarga yoki 26 foizga kamaygan. Demak, bu amalga oshirilayotgan huquqiy targ'ibot ishlarining amaldagi natijasidir.

Sud amaliyotida yarashuv institutining samarali qo'llanilishi natijasida hisobot davrida 6,9 ming nafardan ziyod shahs, ushbu institut amalga kiritilgandan buyon 184 ming 426 nafar shahs jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi. Darhaqiqat, ushbu institutning samaradorligi hamda halqimizning bag'rikenglik va kechirimlilik kabi ko'p asrlik an`analariga uyg'unligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo'lmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, hususiy mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shahslarining tadbirkorlik sub`Yektlarining ho'jalik va moliyaviy faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lishi lozim.
Mazkur yo'nalishda ham jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko'ra, hisobot davrida umumiy yurisdiktsiya sudlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilish va qonunga hilof ravishda aralashish bilan bog'liq hamda ho'jalik yurituvchi sub`Yekt¬larning huquq va qonuniy manfaatlariga dahl qilish kabi harakatlar uchun bir qancha jinoiy va ma`muriy ishlar ko'¬rib chiqilgan. Natijada 97 nafar shahsga nisbatan jinoiy va 639 nafar shahsga nisbatan ma`muriy jazo qo'llanilgan.
Hech shubhasiz, sudlar faoliyatini tizimli tahlil qilib borish yo'l qo'yilgan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish va kelgusida ularni takrorlamaslik yuzasidan zaruriy choralarni ko'rish, eng muhimi, odil sudlov samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
Hulosa qilib aytganda, sud-hu¬quq sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli aholining huquq va manfaatlari to'la ta`minlanmoqda. Ze¬ro, ushbu islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad — shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonning ezgu orzularini ro'yobga chiqarish, pirovardida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir.

Aziz Obidov, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot kotibi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031