Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 075           Дата: 3-12-2015, 22:02          

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis Senati amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi. Quyida uning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin:

Foto: O‘zA

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Quyidagi mahkumlar:

a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;
g) chet davlatlar fuqarolari;
d) I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yil ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasalliklarga chalingan, deb topilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunda o‘talmay qolgan jazo muddati uch yil-u olti oydan kam bo‘lgan shaxslar manzil-koloniyalarga o‘tkazilsin.

5. Ushbu Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi barcha ishlar tugatilsin.

6. Ushbu Qarorning:

a) amal qilishi – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga;

b) 1-bandi amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi ‘d’ bandida ko‘rsatilgan, shuningdek o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

v) 3-bandi amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida va 104-moddasi uchinchi qismining ‘d’ bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;

g) 1–3, 5-bandlari amal qilishi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasin.

7. Ushbu Qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qo‘shimcha jazolardan ozod qilinmaydi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu Qarorning qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazorati hamda Qarorning qo‘llanish tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.

9. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

10. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.


O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi
N. Yo‘ldoshev Toshkent shahri,
2015-yil 3-dekabr”.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн