Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Islomjon Ergashho'jaYev tayinlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 844           Дата: 15-08-2016, 13:48          
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Islomjon Ergashho'jaYev tayinlandi

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov 12 avgustdagi farmoni bilan Islomjon Ergashho'jaYevni Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Bu haqida O'zbekiston hukumati portali habar berdi.

«O'zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda O'zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islamdjan ErgashhodjaYev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi», — deyiladi hukumat ahborotida.

1970 yilda tavallud topgan Islomjon Ergashho'jaYev Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U 2016 yil mart oyidan beri viloyat hokimining ma`muriy masalalar, huquq-tartibot idoralari, o'z-o'zini boshqarish organlari faoliyati va yoshlar siyosati bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimini egallagan edi. Bungacha, 2011 yilgacha Pskent tumani hokimi sifatida ishlagan.

Bundan avvalroq, Ohangaron tumani prokurori, Ohangaron shahri prokurori, Toshkent shahar Mirobod tumani prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1999—2004 yillarda O'zbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarni egallab kelgan.

ErgashhodjaYev O'zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi boshqa bir farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan Sodiq AbdullaYev o'rnini egalladi. U 2016 yilning mart oyida aynan AbdullaYevning birinchi o'rinbosari etib tayinlangan edi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031