Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiya elchisi O'zbekistondagi missiyasini yakunladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99           Дата: 9-08-2016, 21:34          
Yaponiya elchisi O'zbekistondagi missiyasini yakunladi

2016 yilning 9 avgust kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya favqulodda va muhtor elchisi Fumihiko Katoni u o'z missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Bo'lib o'tgan suhbat davomida ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli shakllarda o'tkazilib turuvchi muntazam O'zbekiston-Yaponiya muloqoti ikki davlat uchun ham manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga imkon berishi qayd etildi.

2015 yil oktyabr' oyidagi Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar yakunlariga ko'ra savdo-iqtisodiy, investitsion, tehnologik va moliya sohalarida umumiy qiymati 8,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo'lgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha 21ta hujjat imzolandi.

Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda madaniy-gumanitar jabhadagi aloqalarimiz muhim rol o'ynaydi. Jumladan yaqinda Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida “Dram Tao” mashhur yapon ijodiy jamoasining kontserti katta mufaqqaqiyat bilan o'tkazildi, shuningdek ikki davlat ilmiy, ta`lim muassasalari hamkorligi faollashmoqda.

Suhbat yakunida vazir elchini unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Fahriy doktori darajasi berilgani bilan tabrikladi hamda O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan salmoqli shahsiy hizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Fumihiko Kato, o'z navbatida, Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi sifatidagi faoliyati davomidagi ko'rsatilgan doimiy ko'mak uchun minnatdorchilik bildirdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн