Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali o'tkaziladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 751           Дата: 9-08-2016, 12:16          
Toshkentda “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali o'tkaziladi

Joriy yilning 10-12 avgust kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

Ushbu festival yoshlarni milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, o'sib kelayotgan avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasida yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatidan ularni habardor qilish, yosh avlodda O'zbekistonda amalga oshirilayogan demokratik islohotlarga dahldorlik hissini shakllantirish maqsadida an`anaviy tarzda o'tkazilib kelinmoqda.

Tadbir festival ishtirokchilari tomonidan “Mustaqillik va ezgulik” monumenti poyiga gul qo'yish bilan boshlanishi ko'zda tutilgan. Festival davomida “Tarihiy hotirasiz kelajak yo'q!”, mavzuidagi tadbirlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida “Mamlakatimizda qonuniylikni, huquq-tartibotni mustahkamlashda yoshlar hissasi” mavzuida uchrashuvlar, “Yoshlar siyosati – yoshlar nigohida” ilmiy-amaliy konferentsiyasi, “Istiqlol farzandlari!” nomli mahsus tok-shou, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Ozodlik havosidan to'yib nafas olgan halq o'z yo'lidan hech qachon qaytmaydi” va “Hayot sinovlariga toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir” nomli kitoblari taqdimoti hamda “Vatanimga dil izhori!” nomli “25” aktsiyasiga bag'ishlangan ko'rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Mazkur yoshlar festivali doirasida turli san`at namoyandalari bilan uchrashuvlar, anjumanlar hamda 12 avgust kuni “Turkiston” saroyida yosh san`at ustalarining gala-kontserti tashkil etiladi.

Yoshlarning hayoti, yoshlarning ijodi, yoshlarning tashabbusi, yoshlarning nigohi, yoshlarning orzusi va yoshlik zavqi – bularning barchasi Yoshlar festivalida!

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн