Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiya bosh vaziri rafiqasining O'zbekistonga tashrifi yakunlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 441           Дата: 5-08-2016, 11:41          
Yaponiya bosh vaziri rafiqasining O'zbekistonga tashrifi yakunlandi

3 avgust kuni O'zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe 4 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tat'yana Karimova hamrohligida O'zbekiston Amaliy san`at muzeyiga tashrif buyurdi, deya habar bermoqda O'zA.

Akie Abening ushbu tashrifi Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifining mantiqiy davomi bo'ldi. Tashrif mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Akie Abega milliy liboslar va cholg'u asboblari, kashtachilik, zardo'zlik, zargarlik, o'ymakorlik, kandakorlik va kulolchilik asarlari, ulardagi bezak va naqshlarning ma`nolari haqida ma`lumot berildi. Kashta va gilam to'qish, metallga naqsh solish jarayoni jonli tarzda ko'rsatilib, mumtoz kuylarimizdan namunalar ijro etildi.

Akie Abe yapon harbiylari mangu qo'nim topgan maskanni ziyorat qildi. Mehmon vatandoshlari hotirasiga bunyod etilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo'ydi.

Kunning ikkinchi yarmida Tat'yana Karimova va Akie Abe Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik Katta teatriga tashrif buyurdilar.

Kontsert dasturidan o'rin olgan «Nindzya ayol», «Hayol kuyi», «Sakuraning ming darahti», «Kuzgi oy», «Qaqnus», «Moviy osmon» kabi kuy-qo'shiq va raqslar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.

Shu bilan Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abening O'zbekistonga tashrifi nihoyasiga Yetdi.

Toshkent halqaro aeroportida Akie Abeni O'zbekiston Respublikasi prezidentining rafiqasi Tat'yana Karimova kuzatib qo'ydi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн