Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Toshkent-Aero” bojxonachilari 2015-yilda qiymati 1,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishining oldini oldi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 024           Дата: 3-12-2015, 16:29          

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tilla va zargarlik buyumlarining havo yo‘llari orqali noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: “Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati

2015-yilning o‘tgan 10 oyi davomida “Toshkent-Aero” IBK xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari hamkorlikda 120 ta bojxona qoidabuzlarliklari fosh qilinib, natijada qiymati 1,7 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan salkam 38,2 kg og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Seuldan uchib kelgan xatirchilik D.Mirzayev (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, 170 gr og‘irlikdagi, qiymati 8,9 million so‘mlik tilla zanjirni yashirin ravishda olib kirishga uringani ayon bo‘ldi.

Toshkentning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi S.Musajonova Istanbuldan uchib kelgach, tilladan yasalgan 21 juft zirak va 127 dona turli taqinchoqlarni qo‘l yuklari va egnidagi kiyimlari orasiga yashirgancha poytaxt aeroportidan olib chiqishga urindi. Ammo bojxonachilar tomonidan uning qing‘ir qilmishlariga o‘z vaqtida chek qo‘yildi. Natijada, qiymati 91 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 509 gr og‘irlikdagi zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, “Toshkent-Aero” IBK bojxonachilari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishiga oid bir qator bojxona qoidabuzarliklarini ham fosh qildi.

Jumladan, Toshkent—Rostov reysi bo‘yicha parvozga otlangan xorijiy davlat fuqarosi Ch.Mansurov og‘irligi 295 grammdan ortiq salkam 50 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni yashirin ravishda olib chiqishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, poytaxtlik X.Salimovaga ham yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, qiymati 19 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 323 gr og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarni ichki kiyimlari orasiga yashirgancha Dehliga parvoz qilish nasib qilmadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning cheklangan me’yorlariga (Adliya vazirligida 1998-yil 13-martda 412-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) asosan aksiz solig‘i solinmasdan olib kirish uchun umumiy og‘irligi 30 grammdan oshmaydigan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan beshtagacha zargarlik buyumlariga ruxsat beriladi. O‘rnatilgan mazkur me’yordan ortiqchasini olib kirishda esa jismoniy shaxslar tegishli bojxona to‘lovlarini to‘lashi talab etiladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031