Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston terrorchilikni moliyalashtirish hatari eng past darajada bo'lgan mamlakatlar qatorida qayd etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 170           Дата: 4-08-2016, 01:49          
O'zbekiston terrorchilikni moliyalashtirish hatari eng past darajada bo'lgan mamlakatlar qatorida qayd etildi

O'zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorchilikni moliyalashtirish hatarini baholash bo'yicha Basel AML Index 2016 reytingida 101-o'rinni egalladi va terrorchilikni moliyalashtirish hatari past darajada bo'lgan mamlakatlar qatoridan o'rin oldi.

Reyting Bazel' boshqaruv instituti tomonidan tayyorlangan. Basel AML Index reytingi 2012 yildan buyon tuzib kelinadi. Eng yuqori baholash koeffitsiYenti - 10 ball. Past ball hatar ham shu darajada pastligini bildiradi. Bu reyting mamlakatlardagi mavjud jinoyatchilik va korruptsiyani emas, jinoyatchilik va korruptsiya uchun mavjud sharoitlarni baholaydi.

O'zbekiston terrorchilikni moliyalashtirish hatari eng past darajada bo'lgan mamlakatlar qatorida qayd etildi

Reytingda MDH mamlakatlari orasida terrorchilikni moliyalashtirish hatari eng yuqori ko'rsatkich Tojikiston tomonidan qayd etilgan (8,19 ball). Markaziy Osiyoning bu mamlakati umumiy reytingda 3-o'rinni egallagan. Keyingi o'rinlarda Ukraina – 49-o'rin (6,57), Turkiya – 47-o'rin (6,55), Rossiya – 58-o'rin (6,22), Qirg'iziston – 60-o'rin (6,21), Qozog'iston – 71-o'rin (5,88), Moldova – 93-o'rin (5,24).

O'zbekiston 5,1 indeks bilan reytingda 101-o'rinni egallagan. Bu borada O'zbekiston AQSh (97-o'rin) va Rossiyani (58-o'rin) ortda qoldirgan.

MDH mamlakatlari orasida Ozarbayjon – 118-o'rin (4,84), Gruziya – 123-o'rin (4,71) va Armaniston – 128-o'rin (4,63) O'zbekistondan yuqori ko'rsatkichni qayd etgan.

Reytingning "yuqori uchtaligi"ni Eron (8,61), Afg'oniston (8,51) va Tojikiston (8,19) band etgan bo'lsa, eng quyi 3 o'rinda Finlyandiya (3,05), Litva (3,62) va Estoniya (3,82) joy olgan.

Reyting mamlakat bank tizimining jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorchilikni moliyalashtirish bo'yicha imkoniyatlarini, korruptsiyaga moyillik, davlat va moliya sektorlari faoliyati shaffofligi, shuningdek, amaldagi siyosiy tuzum va mahalliy qonunchilikning o'ziga hosliklarini bevosita qamrab oladi.

Bazel' institutining reytingi mamlakatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorchilikni moliyalashtirish hatarini FATF, Jahon iqtisodiy forumi, Jahon banki, Transparency International kabi ochiq manbalar, shuningdek, reytingga kiritilgan mamlakatlarning statistikasi asosida baholaydi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031