Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda Xalqaro nogironlar kunining nishonlanishiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 324           Дата: 3-12-2015, 15:59          

Xalqaro nogironlar kunini nishonlashga bag‘ishlangan festival 2015-yilning 2-dekabr kuni Radisson Blu mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmati

Mazkur festival nogironlar duch kelayotgan muammolar va barcha insonlarning teng huquqligini ta’minlash masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb etishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 15 foizini nogironlar tashkil etib, mazkur aholi guruhi dunyoning eng “katta ozchiligi” bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich yildan yilga aholi sonining oshishi, tibbiyot sohasidagi yutuqlar hamda aholining hayot davomiyligi yuksalishi oqibatida o‘sib bormoqda.

Ochiq va teng huquqlilik asosida rivojlanayotgan jamiyat qurish zaruriyatiga jamoatchilik e’tiborini qaratishning yo‘llaridan biri Xalqaro nogironlar kunini o‘tkazishdan iboratdir. Mazkur kun 1992-yil BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlanib, hozirda har yili butun dunyo bo‘ylab 3-dekabr kunida nishonlanadi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmati

Joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan festival doirasida nogironlar ishtirokidagi konsert dasturi va fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur sanani nishonlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va yutuqlarga bag‘ishlangan bir qator videoroliklarning milliy teleradiokompaniya orqali namoyish etilishini nazarda tutuvchi keng ko‘lamli media tadbir ham rejalashtirilgan.

Barcha tadbirlar BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekistonning Nodavlat-notijorat tashkilotlari (NNT) uyushmasi qoshidagi Nogironlar NNTlarining maslahatlashuv kengashi tonomidan tashkil etiladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн