Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiya bosh vaziri rafiqasi O'zbekistonga Yetib keldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87           Дата: 4-08-2016, 01:31          
Yaponiya bosh vaziri rafiqasi O'zbekistonga Yetib keldi

3 avgustda O'zbekistonga Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe va yapon madaniyati va san`ati namoyandalaridan iborat delegatsiya Yetib keldi. Tashrifdan maqsad ikki davlat o'rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat, deb ma`lum qildi O'zA.

Toshkent halqaro aeroportida Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abeni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Tat'yana Karimova kutib oldi.

O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi munosabatlar Prezidentimizning 2002 yil iyul' oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog'ida imzolangan Do'stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi qo'shma bayonot ruhida barqaror rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2011 yil fevral' oyida Yaponiyaga hamda Yaponiya Bosh vazirining 2015 yil oktyabrda O'zbekistonga rasmiy tashriflari o'zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko'tardi.

Tokioda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyga haykal o'rnatilgani, Toshkentda Yapon bog'i tashkil etilgani, O'zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi halqaro madaniyat karvonsaroyiga yaponiyalik olim va musavvir Ikuo Hirayama nomi berilgani halqlarimizning madaniy yaqinligi ifodasidir.

Delegatsiyaning tashrifi davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan yapon askarlari dafn etilgan hotira majmuasini ziyorat qilish, O'zbekiston Amaliy san`at muzeyi bilan tanishish, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Yaponiyaning «Dram Tao» ijodiy jamoasining kontsert dasturi namoyish etilishi belgilangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн