Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«O'zbekiston havo yo'llari» MAK sentyabr' oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotlari qatnovlarini yo'lga qo'yadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 439           Дата: 2-08-2016, 12:06          
«O'zbekiston havo yo'llari» MAK sentyabr' oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotlari qatnovlarini yo'lga qo'yadi

«O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi samolyotlari safi sentyabr' oyida ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyoti bilan to'ldiriladi. Aviakompaniya saytida berilgan habarga ko'ra, bunday samolyotlarning birinchisi avgust oyi ohirida O'zbekistonga Yetib kelishi kutilmoqda.

Sentyabr' oyidan boshlab o'zbekistonliklar yangi Boeing787 Dreamliner samolyotida yangicha qulaylik bilan sayohatga chiqa boshlaydi.

«Aviakompaniya yangi rusumdagi ikkita Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini ekspluatatsiyaga kiritishga tayyorgarlik ko'rmoqda, ulardan birinchisi O'zbekistonga mustaqillikning 25 yilligini nishonlash kunlarida Yetib keladi. «Orzudagi layner» O'zbekiston aholisi uchun bayram sharafiga munosib sovg'a bo'ladi.

Shu yilning sentyabr' oyidayoq «O'zbekiston havo yo'llari» MAK yo'lovchilari Boeing 787 Dreamliner samolyotidagi qulaylikning yangi darajasini munosib baholash imkoniga ega bo'ladilar», deyilgan habarda.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning yanvarida yangi samolyotdan foydalanish uchun Toshkent halqaro aeroportida mahsus infrastruktura tashkil qilingan edi. U Yerda samolyotning kompozit materiallardan tashkil topgan bo'laklarini ta`mirlash yoki qayta yasash mumkin, shuningdek, ushbu turdagi samolyotlarga tehnik hizmatlar ko'rsatish uchun alohida usti yopiq angar qurilgan.

Aviakompaniya «Boing-787» samolyoti uchun uchuvchilarni to'plagan. 18 pilotdan iborat jamoa Buyuk Britaniyaning Gatvik shahrida malaka oshirish uchun yuborilgan.

Aviakompaniya «Boing-787» rusumidagi samolyotlarni olib kelishi 2014 yilda ma`lum bo'lgandi. Harid qiymati tahminan 240 million dollarni tashkil qilgan.

Boeing-787 Dreamliner — ikki dvigatelli yo'lovchi tashuvchi samolyot bo'lib, AQShning Boeing Commercial Airplanes tomonidan ishlab chiqilgan. Unga 250 nafardan 330 nafargacha yo'lovchi sig'adi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн