Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbek blogerlarining noodatiy qarori, AtambaYev bilan ochiq muloqot, Rossiyaga tahdid qilgan IShID va kunning eng muhim habarlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 325           Дата: 1-08-2016, 21:21          
O'zbek blogerlarining noodatiy qarori, AtambaYev bilan ochiq muloqot, Rossiyaga tahdid qilgan IShID va kunning eng muhim habarlari

Yakunlanib borayotgan kun so'ngida O'zbekiston va jahonda yuz bergan eng asosiy hodisa va yangiliklar dayjYesti.

«O'zbekiston havo yo'llari» mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi

Ma`lum qilinishicha, 1991 yilning 1 sentyabrida tug'ilgan yoshlarga «O'zbekiston havo yo'llari» MAK ichki yo'nalishlar bo'ylab sayohat uyushtirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday yoshlarga O'zbekistondagi ichki yo'nalishlar uchun tekin chiptalar 1 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar sotiladi.

Shota Rustaveli va Muqimiy ko'chalari kesishmasida yo'l o'tkazgich qurilishi davom etmoqda

Toshkent shahrining Shota Rustaveli va Muqimiy ko'chalari kesishmasida may oyida qurilishi boshlangan avtomobil' yo'l o'tkazgichi mamlakatda shu kabi sun`iy inshootlar ichida birinchisi bo'ladi.

O'zbek blogerlari mamlakat bo'ylab veloturga otlanishdi

O'zbekistonlik blogerlar Sanjar Said va Davronbek TojialiYev Toshkentdan Chorvoqqacha bo'lgan 170 kilometrli masofani velosipedda bosib o'tishdi.

Qozoq to'yidagi do'stlar hangomasi

Ma`lumki, har bir halqning to'yida o'ziga hos urf-odatlari bo'ladi. Qozoq to'yida navbatdagi qiziq voqea sodir bo'ldi. Bu safar kuyovning do'stlari o'zining serg'ayratligi bilan ajralib turishdi. Quvonch va kuchga to'la yigitlar kuyovni otishga shu qadar berilib ketishdiki, ohir-oqibat u Yerga quladi.

Qirg'iziston prezidenti Almazbek AtambaYev jurnalistlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Bugun Qirg'iziston Respublikasi prezidenti Almazbek AtambaYeva OAV vakillari bilan uchrashdi. Suhbat davomida AtambaYev “Yahshi va yovvoyi “qirg'izchilik” bor”ligini, hokimiyatni saqlab qolishni istaganida, donolik qilmay, umuman boshqa islohot o'tkazishini, qo'shiq kuylashiga Toshkentga qilgan safari sabab bo'lganini va boshqa ko'plab masalar haqida gapirib o'tdi.

Internetda Suriyada urib tushirilgan vertolyot ekipajiga tegishli buyumlar suratlari tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Suriyaning Idlib viloyati hududida mahalliy jangarilar tomonidan urib tushirilgan, Rossiya Harbiy Kosmik kuchlariga tegishli bo'lgan Mi-8 rusumli harbiy vertolyot bortida bo'lganlarning buyumlari suratlari tarqaldi.

IShIDning Rossiyaga tahdid solingan videosi namoyish etildi

IShID jangarilari Rossiya manziliga tahdidlar ifodalangan videomurojaatini e`lon qildi. Unda Rossiyaga qarshi jihod boshlashga da`vat etilgan.

Londonda attraktsion buzilishi oqibatida odamlar 4 soat osilgancha qolib ketdilar

Britaniyalik o't o'chiruvchilar London Eye tomosha g'ildiragi yaqinidagi Starfler attraktsioni kabinalarida qolib ketgan 19 sayyohni qutqarish bo'yicha 4 soatlik operatsiya o'tkazishdi.

Teginish havfli yohud samolyotdagi eng iflos joylar

Samolyot olisni yaqin qiluvchi eng havfsiz harakat vositasi hisoblanadi. Ba`zi insonlar esa unda uchishdan juda ham qo'rqishadi. Angliyaning yosh olim-biologlardan iborat jamoasi samolyotning qaysi qismida inson salomatligiga jiddiy ta`sir ko'rsatuvchi bakteriyalar yig'iladigan eng iflos joylarni aniqlashga qaror qildi.

5 avgust kuni «Pahtakor—79» hotirasiga bag'ishlangan turnir boshlanadi

«Pahtakor» futbol klubi rasmiy sayti habariga ko'ra, 10 avgustga qadar davom etadigan bu musobaqa uchrashuvlari «Chilonzor» stadionida o'tkaziladi.

O'zbekistonlik olimpiadachilar Braziliyaga jo'nab ketishdi

Manbada aytilishicha, sportchilarni Rioga kuzatish uchun O'zbekiston milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Mirabror Usmonov va «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori V.Tyanlar ham Toshkent halqaro aeroportida jam bo'lishgan.

Nogironlar aravachasi uchun dunyoda birinchi avtopilot yaratildi

Boshni transplantatsiya qilishga (ko'chirib o'tkazishga) ilk nomzod Valeriy Spiridonov Clever Chair (Aqlli kreslo) startapining yaratilishi haqida e`lon qildi. Bu loyiha doirasida Spiridonov va uning jamoasi nogironlar kreslosi uchun dunyodagi birinchi avtopilot tizimini yaratishdi.

iPhone ikki SIM-karta bilan ta`minlanishi mumkin

Iyun' oyida internetda iPhone 7 qurilmasining ikkita SIM-kartaga mo'ljallanganligi aks ettirilgan dastlabki surati paydo bo'ldi. Endi esa Apple smartfonining kelajakda ikkita SIM-kartali bo'lishiga yana bir dalil ishora qilmoqda.

Sirg'ali mashina bozoridagi narhlar iyul' ohiriga ko'ra e`lon qilindi

Ma`lumotlarga ko'ra, milliy avtomobillar ancha ko'p sotuvga chiqqan. Horijiy avtomobillar soni bu bozor biroz kamaygan. Narhlari esa deyarli o'zgarmagan.

Uber Hitoy bozoridan ketadi

Uber kompaniyasi Hitoydagi biznesini, ushbu mamlakatdagi «hitoy Uber»i deb nomlanadigan bosh raqobatchisi — Didi Chuxing kompaniyasiga sotadi, deb habar qilmoqda Bloomberg agentligi o'z manbasiga tayangan holda. Shu bilan birga, Didi Chuxing va Uber rahbari ham mazkur birlashuvni tasdiqlagan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031