Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«O'zbekiston havo yo'llari» mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 505           Дата: 1-08-2016, 21:15          
«O'zbekiston havo yo'llari» mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi

O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi o'z yo'lovchilari uchun qator aktsiyalar uyushtirib, sovg'alar tayyorlamoqda.

Ma`lum qilinishicha, 1991 yilning 1 sentyabrida tug'ilgan yoshlarga «O'zbekiston havo yo'llari» MAK ichki yo'nalishlar bo'ylab sayohat uyushtirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday yoshlarga O'zbekistondagi ichki yo'nalishlar uchun tekin chiptalar 1 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar sotiladi.

«Mustaqillik tengdoshlari uchun aktsiya! 1991 yil 1 sentyabrda tug'ilganlarga «O'zbekiston havo yo'llari» MAK O'zbekiston shaharlariga tashrif buyurish imkonini beradi. Siz respublika ichidagi yo'nalishlarga bepul aviachipta olishingiz mumkin. Taklif O'zbekiston Respublikasi hududida 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha bo'lgan davr ichida amalga oshiriladigan istalgan qatnovga nisbatan tadbiq etiladi. Agar Siz 1991 yil 1 sentyabrda tug'ilgan bo'lsangiz, unda 1 avgustdan boshlab sovg'a - aviachiptani rasmiylashtirish uchun «O'zbekiston havo yo'llari» MAKning aviachiptalarni sotish shohobchalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli mustaqillik tengdoshlari, O'zbekistondagi siz tashrif buyurishni istagan shaharni tanlang va bayram aktsiyamizdan foydalaning!», deyilgan habarda.

Shuningdek, feysbuk ijtimoiy tarmog'idagi «Uzbekistan airways» sahifasida respublika ichidagi yo'nalishlarga bepul aviachipta o'ynaladi. Unda ishtirok etish shartlari oddiy: aviakompaniya sahifasiga obuna bo'lish va yutuq o'ynalishi haqidagi e`lonni do'stlari bilan o'rtoqlashish. O'yin 15 avgustda boshlanadi va 24 avgust soat 24.00gacha davom etadi. Natija 26 avgust kuni soat 10.00da Random.orgtasodifiy raqamlar generator dasturi yordamida, mahsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi. G'olib respublika ichidagi yo'nalishlar bo'yicha bitta bepul aviachiptaga sertifikatni qo'lga kiritadi.

Bundan tashqari, 1 sentyabr', Mustaqillik kunida «O'zbekiston havo yo'llari» MAK qatnovlarida parvoz qiladigan barcha yo'lovchilarga HK sahnida esdalik suvenirlar topshiriladi. Bort kuzatuvchilari milliy aviatashuvchi nomidan yo'lovchilari bayram bilan tabriklashadi va tarihiy voqea hotirasiga aviakompaniya logotipi va mustaqillik ramzi tushirilgan suvenirlarni taqdim etishadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн