Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jizzaxda gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi uchun 8 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 411           Дата: 3-12-2015, 14:10          

Jizzax shahrida 30 mingga yaqin iste’molchi tabiiy gazdan foydalanadi, deya xabar bermoqda O‘zA. Bu arzon va qulay yoqilg‘i “Markazgazta’minot” unitar korxonasining “Jizzaxshahargaz” filiali tomonidan iste’molchilarga 43,7 kilometr yuqori bosimli, 190 kilometr o‘rta va 243,5 kilometr past bosimli uzatish quvurlari orqali yetkazib berilmoqda.

Foto: “O‘zbekiston ovozi”

Shahar hokimligining 2015—2016-yil qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiga muvofiq, gaz uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, gaz asboblarini texnik va proflaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetkazildi. 8,2 kilometr gaz uzatish quvuri rekonstruksiya qilindi, 20 kilometri bosim ostida texnik sinovdan, 16 kilometri maxsus asboblar orqali tekshiruvdan o‘tkazildi.

– Qish mavsumida tabiiy gazning me’yorda va uzluksiz bo‘lishi uzatish tarmoqlarining benuqson ishlashiga bog‘liqligi hisobga olinib, rekonstruksiya, ta’mirlash, proflaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari to‘liq va sifatli bajarildi, – deydi “Jizzaxshahargaz” filiali rahbari Rustam Ahmadjonov. – Qish davrida gaz tarmog‘idagi nosozlik va ta’minotdagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun filialning avariya dispetcherlik xizmati shay holatga keltirildi. Avariya xizmati maxsus jihozlangan “Damas” avtomashinasi, uzluksiz ishlaydigan telefon aloqasi bilan ta’minlandi.

Mavsumga hozirlik ko‘rishda ijtimoiy muassasalarga gaz uzatuvchi tarmoqlarni sozlash, kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн