Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Majlisda “Adolat” SDP partiyasi fraktsiyasining tashabbusiga ko'ra parlament eshituvi o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120           Дата: 29-07-2016, 21:46          
Oliy Majlisda “Adolat” SDP partiyasi fraktsiyasining tashabbusiga ko'ra parlament eshituvi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasining tashabbusiga ko'ra parlament eshituvi o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Ikromov “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturining tibbiyot muassasalari moddiy-tehnik bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari bajarilishining borishi to'g'risida ahborot berdi. Bu haqda O'zA habar bermoqda.

Parlament eshituvida deputatlar “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturida bu borada belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, sohadagi ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo'yicha ilgari surilayotgan tashabbuslarni muhokama qildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar sohadagi yutuqlarni e`tirof etgan holda, mamlakatimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, ayniqsa, olis qishloqlarda malakali tibbiy hizmatlar ko'rsatilishini kengaytirish uchun sohaga hususiy sektorni jalb qilish lozimligini ta`kidladi. Davlat dasturida tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta`mirlash, jihozlash hamda moddiy-tehnik bazasini mustahkamlash bo'yicha belgilangan vazifalarning o'z vaqtida bajarilishi ustidan monitoring olib borish va nazoratni kuchaytirish masalasiga e`tibor qaratdi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraktsiyasi a`zolari tomonidan tibbiyot muassasalarini salohiyatli kadrlar bilan to'ldirish, hususan, tibbiyot birlashmalarini tor doiradagi mutahassislar, olis hududlardagi qishloq vrachlik punktlarini umumiy amaliyot shifokorlari bilan to'la ta`minlash, umumta`lim va o'rta mahsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari hamda nodavlat ta`lim muassasalarini belgilangan tartibda tibbiyot hodimlari bilan ta`minlash masalasiga e`tiborni kuchaytirish lozimligi ta`kidlandi.

“Adolat” SDP saylovoldi dasturida aholining keng qatlamlariga ko'rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish va sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishda o'z ishtirokini yanada kuchaytirish, shu bilan birga, barcha sohalar kabi sog'liqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining o'z vaqtida qabul qilinishi va amalga oshirish tarafdori ekanligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, fraktsiya a`zolari Davlat dasturining “Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog'lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo'naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish” bo'limida belgilangan vazifalarning o'z vaqtida bajarilishi lozimligini qayd etdi.

Halq demokratik partiyasi fraktsiyasi vakillari asosiy e`tiborni Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosida davolash-profilaktika muassasalari hamda qishloq vrachlik punktlarining dori-darmon va davolash vositalari bilan ta`minlanish holatiga, qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini barpo etish, aholiga bepul tibbiy hizmat ko'rsatish darajasini yanada yuksaltirishga, bu borada qo'shimcha choralar ko'rilishi lozimligiga qaratdi.

O'zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar tomonidan geni modifikatsiyalangan mahsulotlarning mamlakatimizga chetdan kirib kelishining oldini olish, aholi o'rtasida ijtimoiy, yuqumli va havfli o'sma kasalliklarining oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash sohasini takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarni hal etishning huquqiy asosini yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031