Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kim edigu, kim bo'ldik: O'zbekistonning 25 yilligi to'yi arafasidagi o'ylar...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 633           Дата: 29-07-2016, 21:45          

Yaqinda horij telekanallaridan biri orqali ahborot dasturini tomosha qilayotgan edim, kichik qizim, “Dada, qarang, O'zbekiston bayrog'ini ko'rsatishayapti”, dedi. Haqiqatan, ham qandaydir anjuman munosabati bilan N'yu-Yorkdagi BMT qarorgohi ko'rsatilayotgan edi. Shunda tenglar ichra teng O'zbekkistonning bayrog'i yaqqol ko'zga tashlandi. Birinchidan, o'quvchi qizimning mamlakatimiz bayrog'iga bo'lgan ehtiromi, ikkinchidan mustaqil yurtimizning bayrog'i yuksak qarorgohda hilpirab turishi ko'nglimni tog'dek ko'tarib, “kecha kim edigu, bugun kim bo'ldik”, degan savolni o'z-o'zimga berib, qalbimda o'zgacha g'urur va iftihor jo'sh urdi.

Kim edigu, kim bo'ldik: O'zbekistonning 25 yilligi to'yi arafasidagi o'ylar...

Kim edigu, kim bo'ldik?

Haqiqatan ham, 25 yil avval kim edik? Qizil imperiya matbuotida, televideniYesida halqimiz muntazam ravishda tahqirlanayotgan, kamsitilayotgan, boqimanda tamg'asi yopishtirilayotgan davrlar yodimizdan ko'tarilgani yo'q. O'shanda “mustaqil bo'lsang, uzoqqa bormaysan, o'z kuningni o'zing ko'rolmaysan”, deyilmaganmidi? Mana, mustaqil bo'lganimizga 25 yil bo'ldi. Mustaqilligimizning har bir yili Vatanimiz solnomasiga yorqin sahifa bo'lib kirdi. O'tgan yillar davomida halqimiz mustaqillikning naqadar aziz ne`mat ekanini anglab Yetdi va istiqlolni ko'z qorachig'idek asrash zarurligini chuqurroq his etdi.
Jonajon O'zbekistonning bugungi jamolini o'tmishiga qiyoslab bo'lmaydi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal rivojlanib, halqimiz turmush farovonligi yuksaldi. Bularni avvallari tassavvur qilishning imkoni ham yo'q edi. Eng asosiysi, mustaqillik yillarida halqimiz dunyoqarashi, ongu tafakkuri o'zgardi. Tevarak-atrofga, mehnatga, hayotga boshqacha munosabatda bo'la boshladik.

Kim edigu, kim bo'ldik: O'zbekistonning 25 yilligi to'yi arafasidagi o'ylar...

Bu kunlarga Yetganlar bor...

Birgina misol, avvallari Hindiston poytahti Dehliga bormoqchi bo'lsak, avval Moskvaga borib, u Yerdan samolyotda yana Toshkentga kelib, so'ng Dehliga uchilardi. Endilikda “O'zbekiston havo yo'llari” aviakompaniyasi samolyotlari dunyoning barcha yirik shaharlariga to'g'ridan to'g'ri parvoz qilmoqda. Avikakompaniya parki zamonaviy samolyotlar bilan to'ldirilgan va bu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiyotning qon tomiri bo'lmish temir yo'l tizimida ham asrlarga tatiguylik ishlar qilindi. Istiqlol yillarida Qamchiq dovonida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Dovon oshib o'tadigan avtomobil' yo'li rekonstruktsiya qilindi, umumiy uzunligi 1,5 kilometr bo'lgan ikkita tunnel qurildi. Dovondan o'tishda ham vaqt, ham havfsizlik nuqtai nazaridan katta imkoniyatlar yaratildi. Oraldan ko'p o'tmay Qamchiq dovoni orqali o'tadigan avtomobil' yo'li yonidan temir yo'l qurish rejalashtirildi. Buning uchun uzoq masofali, ya`ni 19,2 kilometrlik tunnel barpo etish taqoza etilardi. 2016 yilning 22 iyuni mamlakatimiz, qolaversa, butun mintaqamiz tarihida o'chmas, tom ma`nodagi tarihiy kun sifatida manguga muhrlandi. Shu kuni 123,1 kilometrlik Angren-Pop temir yo'li va uning tarkibidagi 19,2 kilometrlik tunnel qurilishi nihoyasiga Yetib, ishga tushirildi. Halqimizning fidokorona mehnati ulkan bunyodkorlik salohiyatining amaliy namoyishi bo'lmoqda. Zamonaviy uylarda istiqomat qilayotgan halqimiz vakillarining o'zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni boshqarayotgani ham ko'ngillarimizni tog'dek ko'tarmoqda.

Kim edigu, kim bo'ldik: O'zbekistonning 25 yilligi to'yi arafasidagi o'ylar...

Halqimiz o'zining qadrini bildi. Al Horazmiy, Al-Farg'oniy, Al Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek kabi buyuk zotlarning, Amir Temur singari buyuk davlat arboblarining avlodi ekanimizni, tarihda hech kimdan kam bo'lmaganimizni va kelajakda ham kam bo'lmasligimizni to'la anglab Yetdik. Shu o'rinda, horij diplomatlaridan birining “O'zbekiston – poytaht shaharlar mamlakati”, degan so'zlarida jon bordek. Diplomatning aytishicha, tarihda bizning halqchalik hech bir halq buyuk davlatlar tuzmagan ekan. Mamlakatimizning barcha yirik shaharlari qadimda u yoki bu mamlakatning poytahti bo'lganini eslab o'tishning o'zi kifoya. Shu o'rinda O'zbekiston davlat madhiyasidagi “Ulug' halq qudrati jo'sh urgan zamon, olamni mahliyo aylagan diyor”, degan satrlar bir-bir hayolimizdan o'tadi.

Kim edigu, kim bo'ldik: O'zbekistonning 25 yilligi to'yi arafasidagi o'ylar...

“Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!”
Erkin va farovon hayotimiz g'urur-iftihorimiz timsoliga aylandi. Bularning barchasi istiqlol sharofati, Prezidentimiz yuritayotgan oqilona siyosat samarasidir. Tinchlik barqaror bo'lgan joyda taraqqiyot bo'ladi. Halqimiz erishayotgan bunday yutuqlar, hayotimizdagi yuksalish, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik mevasidir. Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, O'zbekistonimiz mustaqil taraqqiyot yo'lida qanday ulkan, boshqalarning havasini tortadigan yutuq va marralarga erishgan bo'lsa, bularning barchasining negizi – yurtimizda tinch va osuda hayotni, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizdadir.

Shularni o'ylar ekanman, “Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!” degan so'zlarni qo'rqmasdan, bemalol aytadigan kunlar kelganiga shukronalar aytamiz.


Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн