Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistlarining AQSh siyosatchisi bilan radiomuloqoti bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152           Дата: 28-07-2016, 22:30          
Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistlarining AQSh siyosatchisi bilan radiomuloqoti bo'lib o'tdi

AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisining o'rinbosari DeniYel Rozenblyum an`anaga binoan Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistlari bilan 28 iyul' kuni radiomuloqot o'tkazdi. Muloqotda Tojikistondan tashqari mintaqadagi barcha mamlakatlar - O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmanistonda faoliyat yurituvchi bir guruh jurnalistlar ishtirok etdi.

Avvaliga DeniYel Rozenblyum kelasi haftaning chorshanba kuni Vashingtonda bo'lib o'tishi kutilayotgan S5+1 (Markaziy Osiyodagi beshta davlat - O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari) formatining navbatdagi uchrashuvi haqida qisqacha ma`lumot berib o'tdi. Ma`lumki, bu format o'tgan yilning noyabr' oyida Samarqandda tashkil etilgan edi. O'zbekistonda boshlangan ilk muloqot endilikda AQShda davom etadigan bo'ldi. Vashington uchrashuvida mintaqadagi barcha mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishlarini tasdiqlagan. DeniYel Rozenblyumning so'zlariga qaraganda Vashgingtonda Samarqanddagi tarihiy uchrashuvning davomi o'tkaziladi. S5+1 diplomatlar muloqoti bo'lib, unda muhim masalalar bo'yicha o'zaro fikr almashiniladi. S5+1 keng qamrovli muloqotlar forumidir. Asosan uchta masala - iqtisodiy, atrof-muhit muhofazasi va havfsizlik masalalari ko'rib chiqiladi. To'rtinchi masala mintaqa davlatlaridagi inson o'lchovi bilan bog'liq masala bo'lishi aytilmoqda.

Kun tartibidagi masalalar bo'yicha mahsus ishchi guruhi tuzilgan bo'lib, bu guruh bahor oylarida Bishkek va Olmaotada yig'ilish o'tkazdi. Bir qator loyihalar ishlab chiqilib, tashqi ishlar vazirlarining hukmiga havola etiladi. AQSh diplomatining so'zlariga qaraganda Vashington uchrashuvi tarihiy ahamiyatga ega bo'ladi. Tashqi ishlar vazirlarining tadbirkorlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

O'z ma`ruzasini tugatar ekan, DeniYel Rozenblyum o'z mustaqilligining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rayotgan mamlakat vakillarini chin qalbdan tabrikladi. Shundan so'ng savol-javoblarga o'tildi.

Qirg'izistonlik jurnalistlar huquq himoyachisi Azimjon Asqarov taqdiri va AQSh-Qirg'iziston o'rtasidagi strategik hamkorlik istiqbollari bilan qiziqishdi. Qozog'istonlik jurnalistlar esa S5+1 anjumanida so'z erkinligi va inson huquqlari muhokama qilinadimi, deb so'rashdi. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda AQSh Qozog'istonga qanday yordam berishi bilan ham qiziqishdi.

Turkmanistonlik jurnalistlar TAPI - Turkmaniston, Afg'oniston, Pokiston va Hindistonni bog'lovchi gaz quvuri taqdiri borasida savol berishdi.

O'zbekistonlik jurnalistlarni odam savdosiga qarshi kurashda O'zbekiston olib borayotgan kurash va nima uchun S5+1 formati uchun aynan Samarqand tanlangani bilan qiziqishdi. DeniYel Rozenblyum mintaqadagi barcha davlatlarning hohish-istagi va roziligi bilan ilk anjuman Samarqandda o'tkazilganini ta`kidlab o'tdi. Uning aytishicha Samarqand qadimiy shahar bo'lib, Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida joylashgan. Bu katta ramziy ahamiyatga ega. Anjuman ishtirokchilari Registonni borib ko'rishdi.

Jurnalistlardan biri bu yil AQShda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tishini, saylovlardan keyin yangi ma`muriyat S5+1 formatiga qiziqishini susaytirishi mumkinmi, degan savolni o'rtaga tashladi. Bu savolga javob bergan DeniYel Rozenblyum o'zi professional diplomat ekanini eslatib o'tdi va Bill Klintonning Jorj Bushga, Jorj Bushning Barak Obamaga vakolatlarni topshirish jarayonlarida ishtirok etganini, Oq uy tashqi siyosatida deyarli o'zgarish bo'lmasligini aytar ekan, yangi ma`muriyat S5+1 formatini saqlab qolishiga umid bildirdi.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031