Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Islom dunyosi oldidagi chaqiriqlarga oydinlik kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 397           Дата: 27-07-2016, 22:32          
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Islom dunyosi oldidagi chaqiriqlarga oydinlik kiritdi

Musulmon dunyosi duch kelayotgan asosiy muammolardan biri, chetdan turib Islom dini obro'sini tushirish, uning sha'nini bulg'ash uchun qilinayotgan sa'y-harakatlar, g'alamisliklardir. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) yuqori lavozimli rahbarlarining Jidda shahrida bo'lib o'tayotgan yig'ilishida shunday fikrni bildirdi.

«O'zbekiston xalqaro munosabatlar tizimining chuqur transformatsiyasi va globallashuv jarayonining tezkor sur'atlari IHT oldida yangi chaqiriqlar va xavfsizlik tahdidlarini paydo qilayotganini yaxshi tushunadi», – degan Komilov.

Bunday sharoitda, vazirning so'zlariga ko'ra, ham Islom dunyosi ichida hamda turli din vakillari, xalqlar o'rtasida tinchlik va kelishuvga erishishda, bag'rikenglikni mustahkamlash, turli madaniyatlarni o'zaro hurmat qilishni kuchaytirishda IHTning ahamiyati yanada oshadi. Shu bilan birga, tashkilotning mojarolarni tinch, siyosiy muzokaralar vositasida hal etish va ularga zamonaviy vositalar orqali qarshi turish borasidagi dolzarbligi kuchayadi.

Uning aytishicha, «bugungi kunda dunyoda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar raqobat avj olmoqda. Shunday ekan, IHT o'z hududida intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatni kuchaytirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratishi lozim».

Bundan tashqari, xavfsizlik masalasi mintaqa mamlakatlari bilan birga Islom dunyosining taraqqiyotiga to'sqinlik qilayotgan jiddiy muammo bo'lib qolmoqda.

Bu masalada ham, Komilovning ta'kidlashicha, IHT davlatlari o'zaro ziddiyat va kelishmovchiliklarga barham berib, xalqaro terrorizm va ekstremizm g'oyalariga qarshi kurashda sa'yi harakatlarini birlashtirishlari talab etiladi.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri, shuningdek, zamonaviy dunyoning yana bir jiddiy muammosi - OQQ (ommaviy qirg'in quroli) tarqalishi muammosiga ham to'xtalib, rasmiy Toshkent «yadro qurollaridan xoli hududlar jug'rofiyasi bosqichma-bosqich kengaytirilishi tarafdori ekanini hamda Yaqin sharqda yadro qurolidan holi hudud barpo etish g'oyasini qo'llab-quvvatlashini» ta'kidladi.

O'zbekiston 1996 yildan IHT a'zosi hisoblanadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031