Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Captiva’dan umidingizni uzing»: Facebook’da e’lon qilingan Captiva yutuqli tanlov hazil bo‘lib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 243           Дата: 14-06-2016, 11:41          
«Captiva’dan umidingizni uzing»: Facebook’da e’lon qilingan Captiva yutuqli tanlov hazil bo‘lib chiqdi

Facebook’dagi Chevrolet Captiva nomli sahifa mualliflari bir necha kun muqaddam e’lon qilingan, Captiva mashinasi yutuq sifatida qo‘yilgan tanlov aslida hazil ekanligini tan oldi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Ilgariroq Chevrolet Captiva sahifasida mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan o‘yin o‘tkazilayotgani, uning g‘olibi shu rusumdagi avtomobilga ega bo‘lishi ma’lum qilingan edi. Buning uchun postga «layk» bosish, uni o‘z sahifasi orqali ulashish va izohlarda qanday rangdagi mashina kerakligini yozish talab qilingan edi. Ikki kunda postga 26 ming kishi «layk» bosdi, 30 mingdan ortiq foydalanuvchi uni o‘z sahifasi orqali ulashdi.

«Birinchidan, va’da qilingan Captiva uchun uzr so‘raymiz. Lekin o‘zingiz shuni xohladingiz. Xronikada ‘layk’ uchun noreal sovg‘alar va’da qilingan turli postlar ko‘payib ketganidan so‘ng shu sahifa yaratildi», — deyiladi bayonotda.

«Sahifani yaratishdan maqsad sizni aldash qanchalar osonligini ko‘rsatish edi. Balki bu ahmoqlikday, sizlarga nisbatan hurmatsizlikday tuyular. Lekin bu xayr yo‘lidagi yolg‘on edi… Hech kim hech qachon sizga ‘layk’ uchun Captiva sovg‘a qilmaydi! Bu hech kimga manfaat keltirmaydi!», — so‘zida davom etadi hazilkashlar.

Aytilishicha, hazil mualliflari kamroq «layk» kutgan, ammo ikki kunda 26 mingdan ortiq «layk» bosilib, «tajriba nazoratdan chiqib ketgach», ular bunga chek qo‘yishga qaror qilgan.

«Aslida biz ‘layk’lar kamroq bo‘ladi deb o‘ylagandik. Lekin ikki kunda postga 26 ming kishi ‘layk’ bosdi. Har yozilgan narsaga ishonib ketaverasizlarmi?», — savol beriladi murojaatda.

Shu bilan birga, mualliflar haqiqiy tanlovlar ham bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi hamda ularni ajratib olishga yordam beradigan belgilarni keltirdi. Bular:

– Tanlov tavsifida barcha qoida va detallar batafsil keltiriladi;

– Aniq sana va g‘oliblarni aniqlash yo‘li ko‘rsatiladi;

– Tashkilotchi barcha savollarga javob berishga harakat qiladi;

– Agar tanlovda qimmatbaho sovg‘alar bo‘lsa, tashkilotchilarda barcha detallar tavsiflangan alohida hujjat — «Tanlov nizomi» bo‘lishi lozim;

– Tanlov sahifasi rasmiy kompaniyaga/brendga tegishli bo‘lib, faoliyatini ko‘pdan beri yuritayotgan bo‘lishi lozim;

– Rasmiy saytda (agar bo‘lsa) sahifaga havola va o‘tkazilayotgan tanlov albatta ko‘rsatiladi.

«‘Tanlov’ga ayrim ziyoli insonlar ham ‘layk’ bosgani bizni hayratga tushirdi. Ha, sahifa yaratuvchisi — ahmoq. Uni istagancha so‘kishingiz mumkin. Lekin sizlar aqlli insonlarku. Nega bunga ishondingiz? Ertaklarga ishonishingiz uchun yani bir bora kechirim so‘raymiz. Juda afsusdamiz», — deb so‘ziga yakun yasaydi sahifa mualliflari.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн