Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16 iyundan Toshkentga yo‘l yopiladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 765           Дата: 14-06-2016, 05:09          
16 iyundan Toshkentga yo‘l yopiladi

Sputniknews-uz.com‘ning xabariga ko‘ra, 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti(ShHT) sammitiga tayyorgarlik ishlari tufayli, 16 iyundan boshlab, Toshkent shahriga avtobus va mikroavtobuslar qatnovi to‘xtatiladi. Toshkent shahridan ham viloyatlarga yo‘lovchilar qatnovi vaqtincha amalga oshirilmaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda.

«16 iyundan boshlab viloyatlardan poytaxtga yo‘lovchilarni tashishni amalga oshiruvchi avtobus va mikroavtobuslarga Toshkentga kirish ta’qiqlangan. Shu bilan bir qatorda Toshkent shahridan ham viloyatlarga yo‘lovchilar qatnovi amalga oshirilmaydi», — deya aniqlik kiritgan nashrga suhbatdosh.

Bundan sal oldin mahalliy nashrlarda ShHT sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 16 iyun sanasidan barcha turdagi avtomobil va temir yo‘l trasportlari uchun Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirish ta’qiqlangani haqida xabar tarqatilgan edi.

Oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni o‘tkazish borasida jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, Sammit xavfsizligini ta’minlovchi maxsus xizmatlar, joriy yil 16 iyunidan boshlab, fuqarolar uchun O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishni taqiqlashga qaror qilgan, deb xabar qilmoqda nuz.uz sayti.

Respublika IIVdagi manbaga ko‘ra, shaharga kirish barcha turdagi avtomobil va temiryo‘l transporti uchun yopiladi. Bunday choralar, ayrim aviatashuvchilar uchun ham qo‘llaniladi. Toshkentga kirishga joriy qilingan vaqtinchalik taqiqlash davlat rahbarlarining O‘zbekistondan ketishi bilan bekor qilinadi.
Shahar ichidagi barcha jamoat transportlari esa jadvalda belgilangan tartibda harakatini davom ettiradi.

Manba: Carzone.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Календарь новостей

«    Апрель 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930