Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 164           Дата: 28-05-2016, 00:11          

Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27 may kuni Toshkent shahridagi Driver village salonida GM Uzbekistan milliy avto ishlab chiqaruvchisining yangi avlod Chevrolet Nexia avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Soat 19:00da boshlangan taqdimotda O‘zbekiston avtomobil sanoati doirasidagi shaxslar hamda xorijlik hamkorlar ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda 1996 yildan buyon ishlab chiqarib kelinayotgan birinchi va ikkinchi avlod Nexia (N150) modellarining davomchisi yangi avlod Chevrolet Nexia avtomobilini 2016 yilning ikkinchi yarmidan Andijon viloyatidagi Asaka zavodida seriyali ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xorij bozoriga, xususan MDH, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Yangi Nexia T250 bazasida ishlab chiqarilib, imbolayzer, ABS, Isofix tizimi (bolalar o‘rindiqlari uchun mustahkamlagichlar), immobilayzer, DRL (kunduzgi old chiroqlar) va haydovchi xavfsizlik yostig‘i bilan ta’minlangan. Eng yuqori pozitsiyada esa old yo‘lovchi uchun ham xavfsizlik yostiqchasi mavjud.

Avtomobil GM Powertrain-Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan sig‘imi 1,5 litrga teng, 16 klapanli 109 ot kuchiga ega benzinli S-TEC III dvigateli va besh bosqichli mexanik yoki olti bosqichli avtomat tezlik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi.
Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Model 11 rang ishlab chiqariladi. Rul chambaragi Lacetti’niki bilan bir xil.

Audiotizimda Bluetooth, AUX, handsfree imkoniyatlari mavjud. USB porti to‘xtash tormoz dastasi yonida qulay qilib joylashtirilgan.
Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi




Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн