Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yagona nusxada chiqarilgan 13 ta avtomobil (foto)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 487           Дата: 20-11-2015, 14:07          

Top Tales nashri yagona nusxada yaratilgan hashamatli avtomobillar fotosuratlarini taqdim etdi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Rolls-Royce Hyperion

Foto: Top Tales

Ushbu modelni kolleksioner Roland Xoll o‘zi uchun buyurtma qilgan. U 2008-yilda chiqarilgan.

Ford GT90

FGT

Ushbu nusxa birinchi marta 1995-yilda Detroytdagi avtosalon ko‘rgazmasida namoyish etilgan. O‘shanda u dunyodagi eng baquvvat superkar deb tanishtirilgan.

Porsche 911 Panamericana

Foto: Top Tales

Ushbu avtomobil 1989-yilda ataylab Porsche kompaniyasi direktori Ferri Porshega tug‘ilgan kun sovg‘asi sifatida yaratilgan.

McLaren X-1

Foto: Top Tales

7 million dollarlik avtomobil Yaqin Sharqda yashovchi sirli xaridor uchun yasalgan.

Ferrari F12 Berlinetta TRS

Foto: Top Tales

Ushbu model ham maxfiy bo‘lib qolishni istagan xaridor buyurtmasiga binoan chiqarilgan, u avtomobil ixlosmandiga naq 4,2 million dollarga tushgan.

Maybach Exelero

Foto: Top Tales

Dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho superkarlardan biri 2005-yilda taqdim etilgan. Oradan olti yil o‘tib, uni amerikalik reper Brayan Uilyams (Birdman) 8 million dollarga sotib oldi.

Cadillac Cien

Foto: Top Tales

Mazkur superkar kompaniyaning 100 yilligiga bag‘ishlab yig‘ilgan va o‘sha paytdagi eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan. Biroq u real hayotda qo‘llanilmadi — hashamatli avtomobil haligacha muzeyda saqlanadi.

BMW Gran Coupe Pininfarina Lusso

Foto: Top Tales

Modelda zamonaviy bashanglik va dadil dinamika uyg‘unlashdi.

Peugeot Onyx

Foto: Top Tales

Fransuzlar bunday modelni seriyali ravishda ishlab chiqarmoqchi bo‘lmagan, biroq keyingi avlod avtomobillari qanday ko‘rinishda bo‘lishiga ishora qilgan xolos.

“ZIS-101A-Sport”

Foto: Top Tales

1939-yilda yaratilgan eksklyuziv o‘z vaqtida Stalin va Kaganovich tomonidan ijobiy baholangan. Urushdan so‘ng Sovet davri shoh asarining  yagona nusxasi izsiz yo‘qoldi.

VAZ “Rapan”

Foto: Top Tales

1998-yilda chiqarilgan Rossiyaning birinchi konseptual elektromobili, afsuski, seriyali ishlab chiqarilish uchun ma’qullanmadi.

Sbarro GT1

Foto: Top Tales

Ushbu superkar 1999-yilda Mercedes jamoasining Le-Man poyga seriyasidagi g‘alabasi sharafiga yig‘ilgan.

Lamborghini Egoista

Foto: Top Tales

Bu avtomobil esa 2013-yilda Lamborghini kompaniyasining 50 yillik yubileyi munosabati bilan yaratilgan.


Manba: daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн