Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Apple avtomobili Germaniyadagi “maxfiy laboratoriya”da ishlab chiqilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 355           Дата: 21-04-2016, 18:29          
Apple kompaniyasi Berlin markazida “maxfiy laboratoriya” ochdi, u yerda u o‘zining ilk avtomobilini ishlab chiqishda davom etadi, deb yozadi Motor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashina 2020-yilgacha tayyor bo‘ladi, uni ishlab chiqarish esa Avstriyaning Magna Steyr korporatsiyasida yo‘lga qo‘yiladi.

Apple avtomobili Germaniyadagi “maxfiy laboratoriya”da ishlab chiqilmoqda

Ayni paytda Berlindagi ishlab chiquvchilar jamoasi “oliy darajali” 15—20 nafar mutaxassisni o‘z ichiga oladi, ular bungacha Germaniyaning turli avtomobil kompaniyalarida ishlagan. Ular loyihalashtirish, mexanik tugunlar va dasturiy ta’minotlar yaratish, shuningdek, bozor strategiyasini o‘rganib chiqish bilan shug‘ullanadi.

Ilk bosqichda Apple elektromobili faqat ijara va karshering dasturi doirasida qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda, chunki amerikaliklar dilerlar va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining rivojlangan tarmog‘ini tezkorlik bilan yo‘lga qo‘ya olmaydi.

Ayni paytda Apple elektrokari loyihasi Titan shartli nomiga ega, ammo seriyali mashina iCar deb nomlanishi kutilmoqda. Shuningdek, mashinada avval ma’lum qilinganidek, avtonom boshqaruv funksiyasi bo‘lmasligi taxmin etilmoqda.

Apple hech qachon o‘zining ilk elektromobilini yaratish ustida ishlayotganini rasman e’lon qilmagan, biroq oldinroq OAV kompaniya avtomobilsozlik bo‘yicha o‘nlab ekspertlar, jumladan, Ford va Mercedes-Benz konsernlari mutaxassislarini ishga yollaganini ma’lum qilgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031