Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi temiryo‘l kesishmasida Matiz poyezd ostiga kirib ketishiga bir bahya qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 413           Дата: 20-04-2016, 18:13          
Toshkentning Abdurauf Fitrat va Sodiqjon Tolipov ko‘chalarini ajratib turuvchi temiryo‘l kesishmasida Matiz avtomobili yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishi natijasida halokatli yo‘l-transport hodisasi yuz berishiga bir bahya qoldi.

Toshkentdagi temiryo‘l kesishmasida Matiz poyezd ostiga kirib ketishiga bir bahya qoldi

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan suratda Matiz temiryo‘l shlagbaumi tushirilib, kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilguniga qadar kesishma ichiga kirgani, biroq qarama-qarshi tomondagi to‘suvchi qurilmadan o‘ta olmaganini ko‘rish mumkin — poyezd shundoqqina Matiz’ning ortidan o‘tib ketgan.

Toshkentdagi temiryo‘l kesishmasida Matiz poyezd ostiga kirib ketishiga bir bahya qoldi

Guruh a’zolari mazkur holatni keskin tanqid qilgan. Ayni vaqtda, kesishma yaqinida istiqomat qiluvchi foydalanuvchilarning yozishicha, bu yerda shunday holatlar tez-tez yuz berib turadi.

Yo‘l harakati qoidalarining 118-bandiga ko‘ra, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilib turgan yoki ko‘tarila boshlagan holatda, shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida, agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa avtomobillarning temiryo‘l kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib aylanib o‘tish ham taqiqlanadi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 130-moddasi 1-qismiga muvofiq, haydovchilarning temiryo‘l o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi eng kam ish haqining uch baravari (20-aprel holatiga ko‘ra — 390 720 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

  • Foto: Toshkentda ikki Spark poyezd o‘tishini yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida kutdi

    Toshkentda avtobus yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida yo‘lovchilarni tushirdi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн