Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasida qoldirilgan Cobalt sabab tramvay haydovchisi ishdan haydaldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 447           Дата: 19-04-2016, 00:32          
Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasidagi tramvay yo‘lida Chevrolet Cobalt avtomobilining qoldirib ketilishi natijasida 8-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi tramvaylar harakati to‘xtab qoldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.

Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasida qoldirilgan Cobalt sabab tramvay haydovchisi ishdan haydaldi

Hodisa aynan qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Fotoxabar muallifining qayd etishicha, u tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan, suratdagi Cobalt sabab hodisa ro‘y bergan kuni kunlik rejani bajara olmagan va shu kuniyoq ishdan haydalgan.

Muallifining yozishicha, u darhol Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini chaqirgan, ular 20 daqiqada yetib kelgan (fotosuratda militsiya mashinasini ko‘rish mumkin), biroq “bundan foyda chiqmagan”. Cobalt egasi esa (muallifning qayd etishicha, haydovchi ayol kishi bo‘lgan) mashinasi tramvay yo‘lini to‘sib qo‘yganidan afsusda ekanini bildirgan.

Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasida qoldirilgan Cobalt sabab tramvay haydovchisi ishdan haydaldi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi 2016-yilda tramvaylar faoliyati tugatilishi, tramvay relslari demontaj qilinishi yoki ko‘mib tashlanishini ma’lum qilgan edi.

Yo‘l harakati qoidalarining 91-bandiga ko‘ra, tramvay yo‘llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylarga harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa, shuningdek, 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgisi doirasida to‘xtash taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq, haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish eng kam ish haqining uch baravari miqdorida (18-aprel holatiga ko‘ra — 390 720 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

  • Toshkentda tramvay yo‘lida qoldirib ketilgan Cobalt tramvay harakatini to‘xtatib qo‘ydi (foto)

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031