Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi YTH haqida fotoxabar qoldirgan va avtobus haydovchisi deb taxmin qilingan foydalanuvchi tanqid ostida qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 711           Дата: 11-04-2016, 18:38          
Toshkentning Furqat ko‘chasidan Sebzor ko‘chasiga olib chiquvchi tunnelda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi haqida “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirgan foydalanuvchi tanqid ostida qoldi.

Toshkentdagi YTH haqida fotoxabar qoldirgan va avtobus haydovchisi deb taxmin qilingan foydalanuvchi tanqid ostida qoldi

Foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan xabar fotolari avtobus salonidan, aniqrog‘i, haydovchi kabinasidan olingani yaqqol seziladi. Muallifning Facebook’dagi sahifasida uning avtobus rulida o‘tirib tushgan surati, shuningdek, 118-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusining old tomondan olingan fotosini topish mumkin.

Shundan kelib chiqib, “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhi a’zolari YTH suratlari harakatlanib ketayotgan avtobus haydovchisi tomonidan olingan, deb taxmin qilgan va uni tanqid ostiga olgan. “Avariya bo‘lgani yomon, albatta. Biroq, e’tibor bering, suratni avtobus haydovchisi rulda o‘tirgan vaqtida olgan”, — deb yozadi bir foydalanuvchi.

“Mavzuni o‘zgartiramiz. Endi avtobus haydovchilarini muhokama qilamiz”, — deb yozgan foydalanuvchiga javoban, boshqasi: “Albatta, avtobus haydovchilarini muhokama qilish shart! Ular qanday yurishini ko‘rganmisiz? Mana hozir — o‘zi suratga olib, o‘zi Facebook’ga joylashtirgan. Qachon? Bekatlar oralig‘idami yoki svetoforda?”, — deb javob bergan.

Avvalroq Toshkentning Furqat ko‘chasidan Sebzor ko‘chasiga olib chiquvchi tunnel oxirida Matiz avtomobili ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa 11-aprel, dushanba kuni tonggi soat 5:00—5:45 oralig‘ida yuz bergan.

Ma’lumot uchun, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida (11-aprel holatiga — 260 480 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, haydovchi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida (390 720 so‘m) jarimaga tortiladi yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн