Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Video: Toshkentda “siqib ketgani” uchun Nexia BMW’ning yo‘lini to‘sishga urindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 880           Дата: 8-04-2016, 18:03          
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhi a’zosi Toshkent Kichik halqa yo‘lining Amir Temur ko‘chasi ustidan o‘tgan qismida 4-aprel kuni yuz bergan holat videoyozuvini e’lon qildi.

Video: Toshkentda “siqib ketgani” uchun Nexia BMW’ning yo‘lini to‘sishga urindi

Videoda davlat raqam belgisi 01 V 368 WA bo‘lgan Nexia avtomobili qatnov qismi 3-harakatlanish bo‘lagi bo‘ylab ketayotgan mashina (kommentlarga ko‘ra — BMW)ning yo‘lini to‘sishga urinayotgani tasvirlangan. Video BMW’ning videoregistratori yordamida olingan.

O‘ng tomondan quvib o‘tgan “yo‘lto‘sar” Nexia’ning haydovchisi, yo‘l bermaslikka harakat qilishidan avval, harakat vaqtida boshini mashinadan chiqarib, BMW haydovchisiga nimadir degan. Shundan so‘ng tezlikni pasaytirib, BMW’ning yo‘lini to‘sgan. BMW yo‘lbermas Nexia’ni o‘ng tomondan quvib o‘tishga uringanida, Nexia unga yo‘l bermagan, BMW endi chapga harakatlanmoqchi bo‘lganida, Nexia unga yana qarshilik ko‘rsatgan.

Video e’lon qilinganidan so‘ng bir guruh foydalanuvchilar Nexia haydovchisi nima uchun bunchalik jahlda ekanligini, bungacha nima bo‘lganini so‘ragan. Videoni yuklagan foydalanuvchining yozishicha, BMW rulida chet ellik mehmon bo‘lgan, ular svetoforning yashil chirog‘i yonib, oldindagi mashina yurishini kutayotganida Nexia ortdan signal chalib qolgan.

Facebook’dagi muhokamalar davom etayotgan bir vaqtda, foydalanuvchilardan biri Nexia haydovchisini tasodifan topib, u bilan suhbatlashganini aytgan. Nexia haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, BMW haydovchisi uni “siqib o‘tib ketgan”. Shundan so‘ng Nexia haydovchisi BMW’ni to‘xtatib, uning haydovchisi bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan, biroq BMW to‘xtamagan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismiga muvofiq, transport vositalari haydovchilarining avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni, yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi eng kam oylik ish haqining 10 baravari (8-aprel holatiga ko‘ra — 1 302 400 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031