Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Video: Egasi “qanday xohlasa, shunday yuradigan” yo‘lbermas Matiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 444           Дата: 8-04-2016, 18:03          
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhi a’zosi Toshkent shahrining Qoraqamish dahasida 7-aprel kuni yuz bergan e’tiborga molik holatning videosini e’lon qildi. Videoyozuv Matiz’ning harakatlaridan jabrlangan haydovchining avtomobilidagi videoregistrator yordamida olingan.

Video: Egasi “qanday xohlasa, shunday yuradigan” yo‘lbermas Matiz

Videoning boshida svetoforning yashil chirog‘idan so‘ng jabrlanuvchi mashinasini o‘z yo‘nalishi bo‘ylab o‘ngga, qarama-qarshi qatnov qismidan kelayotgan, davlat raqam belgisi 10 N 713 CA bo‘lgan, orqa oynasiga “O‘” va “Diqqat, gaz” ogohlantiruvchi belgilari yopishtirilgan Matiz avtomobili esa chapga burilib, jabrlanuvchi haydovchining yo‘lini to‘sgani va bekatdan yo‘lovchi chiqarayotganini ko‘rish mumkin.

Matiz haydovchisi xaridor bilan kelishib, uni avtomobiliga o‘tkazgunicha, jabrlanuvchi avtomobil egasi kutib turgan. Matiz shundan keyin ham yurmay, jabrlanuvchining harakatiga xalal berishga uringan. Jabrlanuvchi Matiz’ni o‘ngdan aylanib o‘tishga harakat qilganida, Matiz uning yo‘lini kesib, ichida ikki yo‘lovchi borligiga qaramay, keskin harakatlarni amalga oshirgan.

Video muallifining qo‘shimcha qilishicha, u keyingi svetoforda Matiz’ga yetib olgan va mashinasidan tushib, haydovchi bilan gaplashgan. “U xuddi hech narsa bo‘lmagandek o‘zini jinnilikka soldi. Keyin, darhol joyidan qo‘zg‘alib: ‘Qanday xohlasam, shunday haydayman’, deb ketdi”, — deb yozadi video muallifi.

Videoxabar ostida fikr bildirgan foydalanuvchilar Matiz haydovchisining harakatlarini keskin tanqid ostiga olgan, ayni vaqtda, video muallifining sabr-toqatiga qoyil qolgan. “Sabringiz temirbetondan ekan”, — deb ta’rif bergan guruh a’zolaridan biri. Videoxabarga besh soat ichida 400 ga yaqin komment qoldirdi.

  • Video: Toshkentda “Volga” haydovchisi qoidabuzar sakkiz mashinaga yo‘l bermadi

    Video: Toshkentda “siqib ketgani” uchun Nexia BMW’ning yo‘lini to‘sishga urindi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031