Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 506           Дата: 7-04-2016, 06:12          
Zamonaviy yo‘ltanlamas avtomobillar o‘lchami bo‘yicha kichik hajmdagi kvartiralarga tobora yaqinlashib bormoqda, bahosi esa hashamatli uy-joylar narxidan ham ancha baland. “Interesno” nashri dunyodagi 10 ta eng qimmat va dabdabali krossoverlar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Dartz Prombron Monaco Red Diamond Edition, 1 500 000 dollar 

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

4 tonna og‘irlikdagi va 840 ot kuchiga ega mazkur eng qimmat zamonaviy yo‘ltanlamas Germaniya yoki AQShda emas, Latviyada tayyorlangan. Uning kuzovi o‘qotar qurol, hatto granatomyotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishini ham pisand qilmaydigan kevlar bilan qoplangan. Interyerida teri, yog‘ochning qimmat turlari, tilla, platina va qimmatbaho toshlar ishlatilgan. 

BMW X6 Typhoon RS V10, 875 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Ushbu pullar evaziga maksimal tezligi soatiga 330 kilometr, soatiga 100 kilometr tezlikka esa atigi 4,2 soniyada yetadigan krossoverga ega bo‘lasiz. BMW ushbu yo‘ltanlamasdan 5 nusxa chiqargan, xolos. 

Dartz Gold Aladeen Edition Prombron, 750 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Latviyaning Dartz kompaniyasi navbatdagi mahsuloti bo‘lgan va o‘n nusxada tayyorlangan avtomobil tashqi tomondan tilla bilan qoplangan (bu uning nomida ham aks etgan). Mashina Sasha Baron Koen bosh rolni ijro etgan “Diktator” filmi chiqishiga tayyorlangan bo‘lib, film qahramoni aynan shu avtomobilda yurgan.

2013 Brabus 800 Widestar, 653 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Brabus’ning eng qimmat yo‘ltanlamasi Mercedes-Benz G 65 AMG asosida yaratilgan bo‘lib, dvigateli 800 ot kuchiga ega, soatiga 100 kilometr tezlikka 4,2 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa soatiga 270 kilometrga teng. 

Paramount Marauder, 650 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Paramount Marauder’ni avtomobil emas, tank desa bo‘ladi. Zirhli yo‘ltanlamas istalgan yuzada harakatlana oladi, g‘isht devorlarni buzadi, unga o‘qotar qurol va granatomyot zarbalari, mina va fugaslar qo‘rqinchli emas. Portlovchi qurilmalar radiosignallarini bir necha o‘n metr radiusda o‘chira oladi. Shu bilan birga soatiga 120 kilometr tezlikka ega. 

Knight XV, 629 000 dollar 

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Knight XV yo‘ltanlamasi dunyoning o‘ndan ortiq armiyasida bo‘lgan Kanadaning GURKHA zirhli avtomobilini fuqarolar uchun moslashtirilgan versiyasi hisoblanadi. O‘qotar qurol va granatomyot otishmalariga dosh beradi, tubi esa mina portlashidan himoyalangan. Suvga tushganida 30 daqiqagacha avtonom tartibda harakatlana oladi.

Brabus GLK V12, 580 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Krossover Mercedes GLK seriyali avtomobili asosida yaratilgan. Kapoti ostida soatiga 100 kilometr tezlikka 4,2 soniyada chiqadigan 6,3 litr hajm va 750 ot kuchiga ega V12 dvigateli joylashtirilgan.

Gemballa Tornado 750 GTS Porsche Cayenne Turbo, 540 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Yo‘ltanlamas Porsche 957 Cayenne bazasida Germaniyaning Gemballa tyuning kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. O‘tmishdoshiga nisbatan 250 kilogrammga yengil, 5 litrli dvigatelga ega, soatiga 100 kilometr tezlikka 4,3 soniyada chiqadi. 

Brabus G63 AMG 6×6, 457 000 dollar

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Brabus G63 AMG 6×6 harbiy yo‘ltanlamas asosida tayyorlangan yana bir zamonaviy fuqarolik avtosi bo‘lib, 5,5 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Mazkur motor 536 ot kuchiga ega, shu sababli bahaybat ko‘rinishiga qaramay, soatiga 100 kilometr tezlikka 6 soniyada chiqadi.

Spyker D8 Peking-to-Paris, 300 000 dollar 

Dunyodagi 10 ta eng qimmat va hashamatli krossover (foto)

Ro‘yxatimizdagi yagona seriyali avtomobil konsepti 2006-yili Jenevada taqdim etilgan, biroq 2014-yildan boshlab ommaviy ishlab chiqarila boshlangan va 300 ming dollardan sotilmoqda. Spyker D8 Peking-to-Paris 2 tonna og‘irlikka ega, 6,2 litrli dvigatelga ega, soatiga 100 kilometr tezlikka 5 soniyada chiqadi, maksimal tezligi soatiga 280 kilometrga teng.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн