Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyalik jurnalist Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 161           Дата: 4-04-2016, 12:42          
Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning “Za rulyom” jurnali muxbiri aprelda Rossiyada sotila boshlaydigan Ravon R2 modeli bilan yaqinroq tanishish uchun Asakadagi avtomobil zavodiga tashrif buyurdi. Jurnal saytida yangi model — Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlar sanab o‘tildi.

Rossiyalik jurnalist Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

“Ravon R2 — uchinchi avloddagi Spark’ning o‘zi, ammo u arzonroq va qiziqarliroq, — deyiladi maqolada. — U Chevrolet’dan, birinchi o‘rinda, kuch agregati bilan farqlanadi. To‘rt pog‘onali Aisin avtomatik uzatish qutisi bilan juftlikda endi 85,5 ot kuchiga teng 1249 millilitr hajmli benzinli S-TEC II ishlaydi. Dvigatel — to‘rt silindrli va 16 klapanli. Ushbu agregatlar Yevro-5 ekologik me’yorga javob berish bilan birga, og‘ir foydalanish sharoitlariga ega mamlakatlarda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan”.

Rossiyalik jurnalist Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

Rossiyalik jurnalist Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

Ta’kidlanishicha, tashqi jihatdan R2 Spark’dan old bamper va radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Salondagi asosiy o‘zgarish — uskunalarning unchalik yoshlarbop bo‘lmagan kombinatsiyasi va uning hoshiyasi.

Rossiyalik jurnalist Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

Rossiyalik jurnalist Ravon R2 va Spark o‘rtasidagi farqlarni aniqlash uchun O‘zbekistonga keldi (foto)

“Ravon R2 o‘z ajdodini soyada qoldirish uchun ham, Kia Picanto’dan o‘zib ketish uchun ham barcha imkoniyatlarga ega. Kichik, ammo arzon va avtomatli — hozir aynan shunday avtomobilga diqqat qaratishadi”, — deya qayd etadi jurnal.

Eslatib o‘tamiz, Ravon R2 avtomobili Rossiyada 10-aprel — dastlabki buyurtmalar qabul qilina boshlaganidan bir oy o‘tib, savdoga chiqishi xabar berildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн