Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Avtomobillarni izlash bo‘yicha aqlli “AvtoBor.uz” xizmati endi Telegram’da!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 657           Дата: 28-03-2016, 09:21          
Bevosita smartfondan foydalangan holda avtomobil sotish, sotib olish yoki ijaraga berish mumkin. Yo‘q-yo‘q, biz shunday savdolarni masofadan turib amalga oshirish haqida gapirayotganimiz yo‘q. Biroq hozirgi kunga kelib avtomobil oldi-berdisi ancha osonlashib, qulay ko‘rinish oldi. E’tiboringizga “AvtoBor.uz” avtoportalining juda foydali Telegram kanalini havola qilamiz — uning yordamida avtomobil sotish yoki sotib olish istagidagi kishilar qimmatli vaqtlarini tejashlari mumkin.

Avtomobillarni izlash bo‘yicha aqlli “AvtoBor.uz” xizmati endi Telegram’da!

Kanal avtomobil egalari, avtosalonlar, lizing kompaniyalari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan “AvtoBor.uz”ga joylashtirilgan e’lonlarni birinchilardan bo‘lib o‘z obunachilariga yetkazadi. Ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q: kanal Sizga har turli spam va yoqimsiz reklamalarni emas, yo‘llanishiga o‘zingiz obuna bo‘lib rozilik bildirgan axborotni yuboradi.

Saytdagi yangiliklarni qayta uzatishdan tashqari, “AvtoBor.uz” jamoasi Sergeli mashina bozoridagi yakshanba kungi savdolar yakuni bo‘yicha avtomobil egalaridan axborot to‘playdi. Yakshanba kuni oqshomda “AvtoBor.uz”ning bazasi mashinasi sotilmagan haydovchilarning yangi e’lonlari bilan to‘ldiriladi, dushanba va seshanba kunlari esa bu e’lonlar Telegram-kanal orqali tarqatiladi. Bu, yakshanba kuni Sergeliga borib, mashina sotib olish o‘rniga, uyda uxlab qolganlar uchun ayniqsa foydali.

“AvtoBor.uz”ning Telegram-kanalidagi avtomobil haqidagi axborot mashina markasi va modeli, narxi, bosgan masofasi, ishlab chiqarilgan vaqti ko‘rinishida taqdim etiladi va avtomobilning foto-prevyusi hamda “AvtoBor.uz”dagi tegishli e’lon havolasi bilan birga uzatiladi. Havola orqali o‘tib, avtomobilning batafsil tavsifi bilan tanishish mumkin bo‘ladi.

“AvtoBor.uz” — O‘zbekistondagi avtomobil sotuvchilari va xaridorlarining uchrashuv joyidir. Loyiha Toshkent, Samarqand, Andijon va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yengil avtomobil, yuk transporti, avtobus sotish, sotib olish yoki ijaraga olish niyatida bo‘lgan kishilar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda Siz izlagan mashinangizni topa olasiz, o‘z transportingizni muvaffaqiyat bilan foydali sota olasiz.

“AvtoBor.uz”da faqat transport oldi-sotdisi va ijarasiga oid e’lonlar berib boriladi va ortiqcha hech qanday axborot yo‘q, shu sababli ham undan foydalanish umumiy mavzudagi e’lonlar saytlariga nisbatan qulay va oson. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi sotuvga qo‘yilgan avtomobillarning eng to‘liq bazasi aynan “AvtoBor.uz”da taqdim etilgan.

Mashinasini sotgan yoki transport vositasini ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishgan avtomobil egalari xaridorlar qo‘ng‘iroq qilib bezovta qilmasligidan o‘zi manfaaatdor, shu sababli ham “AvtoBor.uz” sayti va Telegram-kanalida o‘z kuchini yo‘qotgan e’lonlarni tezkor deaktivatsiya qilish tizimi ishlab chiqilgan: avtomobil egasi o‘z transport vositasini sotishi bilan, bu haqda “AvtoBor.uz” adminlariga ma’lum qiladi, ular esa o‘z kuchini yo‘qotgan e’lonni zudlik bilan o‘chiradi. Shu sababli ham Siz saytda va Telegram-kanalda faqat haqiqiy e’lonlarni ko‘rasiz va befoyda qo‘ng‘iroqlarga vaqt sarflamaysiz.

“AvtoBor.uz”ning sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘limida nafaqat transport vositasi egalari (jismoniy shaxslar), balki lizing shartlarida avtomobilni sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha kompaniyalar (yuridik shaxslar)ning e’lonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Avtomobillar ijarasi — “AvtoBor.uz”ning a’lo darajadagi bo‘limlaridan biridir. Bu O‘zbekiston uchun hali yangi bo‘lgan xizmat, shunga qaramay, bu boradagi xizmatlar saytda faol taklif qilingan. Foydalanuvchilarning munosabatidan payqash mumkinki, bu xizmatga talab bor, shunday ekan, avtomobilni bir-ikki kunga bemalol ijaraga olish mumkin.

E’lonlar ro‘yxati nafaqat yengil avtomobillarni, balki daromadli faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan tijoriy transportlar (“marshrutkalar”, avtobuslar, yuk mashinalari va h.k.) ham o‘z ichiga olgan.

“AvtoBor.uz”ning alohida bir maxsus bo‘limida faqat mototsikllar bilan bog‘liq e’lonlar berib boriladi — bu bo‘lim aynan mototsikl ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн