Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Maktab oldidagi o‘quvchilar maketi avtomobil tezligini pasaytira oladimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 771           Дата: 15-03-2016, 12:24          
Rossiya va Qozog‘istonda yo‘lning xavfli qismlaridagi yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish maqsadida yo‘l yoqalariga va piyodalar o‘tish joylariga bolalar va o‘quvchilarning maketlarini ommaviy joylashtirish ishlari olib borildi. Facebook foydalanuvchilaridan biri mazkur tajribani O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyati va samarasi yuzasidan “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhi a’zolariga murojaat qildi.

Maktab oldidagi o‘quvchilar maketi avtomobil tezligini pasaytira oladimi?

“G‘oya bunday: haydovchi uzoqdan rangli maketni ko‘radi va uni bola deb o‘ylaydi, shu yo‘l bilan e’tiborni oshirish va tezlikni cheklash samarasiga erishiladi. Nima deb o‘ylaysiz, Toshkentda ham shunday maketlar o‘rnatilsa, kutilganidek samara beradimi? Joriy etishdan avval, jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaror qildik”, — deb yozadi foydalanuvchi (mavzuni boshlagan foydalanuvchi o‘zining qayerda ishlashini ma’lum qilmagan).

“Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”ning bir qator foydalanuvchilari bu tashabbusni ma’qullagan, ba’zi foydalanuvchilar bunday maketlar nur qaytaruvchan bo‘lishi ham kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, bir guruh foydalanuvchilar bolalar maketi o‘rniga tayoqcha ko‘targan yo‘l nazoratchisi maketini joylashtirish samaraliroq ekani haqida fikr bildirgan.

Ayni vaqtda ko‘plab foydalanuvchilar maktab va bolalar bog‘chalari oldiga bunday maketlarning o‘rnatilishiga qat’iy qarshi chiqqan. “Haydovchilar bola aslida maket ekanligini bilib, bunga o‘rganib qolsa, keyinchalik tirik piyodalarga ham e’tibor bermay, uni bosib ketishi ham mumkin”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Tashabbusga qarshi chiqqan foydalanuvchilar o‘rnatilgan yo‘l belgilari (misol uchun, “Bolalar”, “Tezlik cheklangan” va h.k.)ga rioya etmagan haydovchi maketlarga ham parvo qilmasligini ta’kidlagan. Ularning fikricha, bunday maketlarni o‘rnatish o‘rniga qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdorini sezilarli oshirish va asosan bolalar o‘tadigan piyodalar o‘tish joylarini qatnov qismiga nisbatan balandroq qilib qurish (“lejachiy politseyskiy”) kerak.

  • Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн