Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Video: Toshkentdagi Toyota Prado va BMW o‘rtasidagi avariya videoyozuvi internetda paydo bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 436           Дата: 13-03-2016, 15:13          
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkentdagi Germaniya elchixonasi yaqinidagi avtoturargoh oldida 11-mart, juma kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi videoyozuvi e’lon qilindi.

Video: Toshkentdagi Toyota Prado va BMW o‘rtasidagi avariya videoyozuvi internetda paydo bo‘ldi

Videoyozuv avtoturargohning kuzatuv kameralaridan olingan. Unda Toyota Prado avtomobili “Matonat” haykali tarafdan kelib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishlarini ajratuvchi chiziqni bosib o‘tgani holda, avtoturargoh tomon burilishga uringani, bu vaqtda qarama-qarshi qatnov qismidan kelayotgan BMW sedani Toyota Prado’ga borib urilganini ko‘rish mumkin.

Yo‘l-transport hodisasi yuz berganidan so‘ng, BMW’dan erkak kishi tushib kelgan, atrofdagi odamlar har ikki avtomobil haydovchilariga yordamga shoshilganini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, Toyota Prado yo‘ltanlamasi ayol haydovchining boshqaruvida bo‘lgan.

Videoxabar ostida fikr bildirganlarning aksariyati Toyota Prado burilgan nuqtada qarama-qarshi harakat yo‘nalishlari qanday chiziq bilan ajratilgani borasida tortishgan, aksariyat foydalanuvchilar qatnov qismlari sidirg‘a chiziq bilan ajratilganini ta’kidlagan.

Ayni vaqtda, ba’zi foydalanuvchilarning fikricha, yo‘lning shu qismi uzuq-uzuq chiziqlar bilan ajratilgan taqdirda ham, Toyota Prado dastlab qarama-qarshi qatnov qismidan kelayotgan avtomobillarni o‘tkazib yuborib, so‘ng harakatni davom ettirishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, hodisa oqibatida jabrlanganlar to‘g‘rida aniq ma’lumot yo‘q. BMW’ni boshqarib borgan erkakning turmush o‘rtog‘i “Voditeli Tashkenta” guruhida eri sog‘-salomat ekani haqida xabar qoldirgan.

  • Foto: Toshkentda Germaniya elchixonasi oldida Toyota Prado bilan BMW sedani to‘qnashdi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн