Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Iltimos, xavfsizlik kamarini taqib oling!”. O‘zbekiston avtomobillarida 1-martdan paydo bo‘lgan e’lon

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 985           Дата: 13-03-2016, 15:12          
O‘zbekistonda 2016-yil 1-martdan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari amal qilishni boshladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, haydovchi harakatlanishni boshlanishidan oldin yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqib olish haqida ogohlantirish zarur.

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari Toshkent shahridagi avtomobillarda ko‘ringan xavfsizlik kamarini taqib olish bilan bog‘liq e’lonlarning suratlarini e’lon qildi.

E’lonlarning birida: “Iltimos, ‘remen’ni taqib oling!”, — deb yozilgan va unga xavfsizlik kamari qanday taqilishi ko‘rsatilgan suratchalar ilova qilingan.

“Iltimos, xavfsizlik kamarini taqib oling!”. O‘zbekiston avtomobillarida 1-martdan paydo bo‘lgan e’lon

“Bunisi litsenziyali taksida olingan fotosurat, barakalla!”, — deb yozadi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zosi boshqa suratni e’lon qilarkan. Ikkinchi e’londa ham yo‘lovchi qaratilgan “Xavfsizlik kamarini taqib oling” talabi o‘zbek va rus tillarida yozilgan.

“Iltimos, xavfsizlik kamarini taqib oling!”. O‘zbekiston avtomobillarida 1-martdan paydo bo‘lgan e’lon

Yo‘l harakati qoidalarining 9-bandiga muvofiq, konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalari harakatlanib borayotganda, haydovchi xavfsizlik kamarini taqib olishi shart. Qoidalarning mazkur bandiga ko‘ra, quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

  • avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
  • homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;
  • orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
  • aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;
  • aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi eng kam ish haqining beshdan bir qismi miqdorida (2016-yil 13-mart holatiga ko‘ra, 26 048 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн