Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ravon Nexia 2016-yilning ikkinchi choragidan seriyalab ishlab chiqariladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 671           Дата: 10-03-2016, 12:37          
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Rossiya va MDH mamlakatlaridagi o‘z mavqeini saqlab qolish, savdo hajmini oshirish maqsadida bir qator tadbirlarni olib bormoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Ravon Nexia 2016-yilning ikkinchi choragidan seriyalab ishlab chiqariladi

Kompaniya matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2016-yilning ikkinchi choragidan T250 modeli bazasidagi yangi Nexia (Ravon Nexia) seriyalab ishlab chiqariladi va eksport qilinishi boshlanadi.

Matiz avtomobili esa avtomatik transmissiya, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi, kunduzgi chiroqlar, navigatsiya tizimi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, dvigatel hajmi 1,25 litr bo‘lgan, avtomat uzatmalar qutisi bilan hamohanglikda ishlaydigan M300 (Spark) modelini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, shuningdek, eksport uchun ishlab chiqarilayotgan barcha yengil avtomobillarga ERA-GLONASS tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.

“Rossiyaning yirik shaharlaridagi Chevrolet’ning yetakchi dilerlarini GM Uzbekistan savdo tarmog‘iga jalb etish bo‘yicha katta miqyosda ish olib borilmoqda”, — deyiladi kompaniya axborotida.

GM Uzbekistan’ning asosan Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan yangi brendi — Ravon’ning taqdimoti 2015-yil oktabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya nashrlari 2016-yil bahoridan yangi Nexia Rossiya avtosalonlariga yetkazib berilishi haqida yozgandi.

2015-yilning dekabr va 2016-yilning yanvar oyida Andijon va Toshkent ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilayotgan Ravon Nexia suratlari paydo bo‘ldi, fevralda esa “O‘zavtosanoat” GM Uzbekistan’da yangi avtomobilni ishlab chiqarish uchun so‘nggi sozlash va montaj ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq, “O‘zavtosanoat” eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida Dubayda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar taqdimotini o‘tkazgani, Misr, Gabon, Madagaskar kabi mamlakatlarga sinov tariqasida avtomobillar yetkazib bergani hamda Iroq, Liviya, Nigeriya kabi mamlakatlarga avtomobil eksport qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031