Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi 14-yo‘nalish avtobuslari Wi-Fi bilan ta’minlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 449           Дата: 3-02-2016, 17:50          
“Toshkent” vokzalidan “TTZ” bozoriga qadar qatnovchi 14-yo‘nalishdagi avtobuslar Wi-Fi bilan ta’minlandi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchisi fotoxabar qoldirgan.

Toshkentdagi 14-yo‘nalish avtobuslari Wi-Fi bilan ta’minlandi

“Bugun avtobusdagi bepul va yaxshi tezlikdagi Wi-Fi internetdan foydalandim. Oldinga tashlangan katta qadam!”, — deb yozadi foydalanuvchi.

Avtobus chiptachisining Facebook’da xabar qoldirgan yo‘lovchiga ma’lum qilishicha, hozircha Wi-Fi faqat 14-yo‘nalishdagi avtobuslarda bor.

Foydalanuvchi avtobus ichidagi Wi-Fi haqidagi e’lon suratini ham ilova qilgan. E’londa: “Bu avtobusda Wi-Fi bor”, deb yozilgan va ulanish mumkin bo‘lgan tarmoq nomi (“WI-FI-BUS”) ko‘rsatilgan.

Toshkentdagi 14-yo‘nalish avtobuslari Wi-Fi bilan ta’minlandi

Foydalanuvchining qayd etishicha, avtobusda bepul Wi-Fi’dan foydalanayotgan yoshlar ko‘p bo‘lsa-da, internet tezligi pasaymagan. Guruhning boshqa a’zolari avtobuslardagi mazkur yangilikni olqishlagan.

Bir qator foydalanuvchilar boshqa shaharlarning jamoat transportlarida ham shunday yangiliklar joriy etilishiga umid bildirgan. Ba’zilar esa, hazilnamo tarzda, “bepul internet ishtiyoqmandlari dastidan endi bu avtobusga chiqib bo‘lmaydi”, deb yozgan.

Avvalroq Samarqand shahridagi 61-yo‘nalishdagi avtobuslarda yo‘lovchilarga Wi-Fi taklif qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн