Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Lada Vesta: O‘zbekistonda qayerda va necha pulga sotib olish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 012           Дата: 2-02-2016, 08:20          
“AvtoVAZ” 2015-yilning 25-sentabr kuni qayta tug‘ildi go‘yo — kompaniyaning Ijevskdagi zavodi mutlaqo yangi, eski “Lada” va “Jiguli”larga o‘xshamas modelni seriyalab ishlab chiqarishga kirishdi. 24-noyabr kuni savdoga chiqarilgan Lada Vesta olti kun ichida Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar ro‘yxatida 19-o‘ringa chiqib oldi. Savdolarning birinchi kunidayoq mingta avtomobil sotib bo‘lindi.

Lada Vesta: O‘zbekistonda qayerda va necha pulga sotib olish mumkin?

“AvtoVAZ” fransiyalik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqqan Lada Vesta yetarli darajada zamonaviy avtomobil. Har bir avtomobil barqarorlikni nazorat qilish tizimi, ABS tormoz tizimi, tepalikka ko‘tarilishda yordam tizimi, xavfsizlik yostiqchalari bilan ta’minlangan. 7 dyuymli displeyi bor, Bluetooth, HandsFree bilan ta’minlangan multimedia tizimi, salon ichida ko‘rsatilgan haroratni o‘rnatuvchi iqlim nazorati, bort kompyuteri, multimedia va kruiz-kontrolni boshqarish tugmalari o‘rnatilgan rul va boshqa qulayliklar haqida ortiqcha gapirmasa ham bo‘ladi.

Lada Vesta: O‘zbekistonda qayerda va necha pulga sotib olish mumkin?

Hozircha Lada Vesta bitta — hajmi 1,6 litr bo‘lgan, quvvati 106 ot kuchiga teng dvigatel bilan ishlab chiqarilmoqda — mazkur motor besh bosqichli mexanik yoki avtomat uzatmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Keyinroq, modelning dvigatellar gammasiga Renault’ning 114 ot kuchiga ega 1,6 motori ham qo‘shilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, avtomobilning siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi modifikatsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Lada Vesta: O‘zbekistonda qayerda va necha pulga sotib olish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston ko‘chalarida harakatlanayotgan dastlabki Lada Vesta’larning suratlari paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Avtohavaskorlarning Facebook’dagi guruhlarida qoldirilayotgan fikrlardan xaridorlar “AvtoVAZ”ning mutlaqo yangi mahsulotiga jiddiy qiziqish bildirayotganini payqash mumkin. Aksariyat kishilar uni Nexia, Cobalt va Lacetti kabi milliy avtolarga raqobatchi sifatida ham ko‘rmoqda.

“Avtobor.uz” rahbariyatining ta’kidlashicha, Lada Vesta modeli sotilishi haqidagi e’lon saytga qo‘yilishi bilan, u ko‘plab foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otdi. Albatta, narx jihatidan raqobatlasha oladigan mazkur model sifati va xarid qilish osonligini ta’minlab bera olsa, O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

“AvtoVAZ”ning O‘zbekistondagi bosh rasmiy dileri hisoblangan Lada Uzbekistan kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Vesta fevral oxiri — mart oyi boshlaridan O‘zbekistonga rasman yetkazib berilishi kutilmoqda. “AvtoVAZ” Lada Vesta’ni 12 komplektatsiyada ishlab chiqarmoqda, O‘zbekistondagi dilerga esa dastlab Classic va Comfort toifasida olti komplektatsiyadagi avtomobillar yetkazib beriladi. Keyinchalik Luxe modellarni ham olib kelish rejalashtirilgan. Lada Uzbekistan sotadigan Vesta’larning narxi 10,3 ming (Lada Vesta Classic) dollardan 11,6 ming (avtomat uzatmali Lada Vesta Comfort / Optima) dollargacha farqlanadi.

Lada Vesta’ning Lada Uzbekistan’dagi narxlari

Avtomobil modifikatsiyasi 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi 5 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi Lada Vesta Classic $10 300 - Lada Vesta Classic / Start - $11 100 Lada Vesta Comfort $11 100 $11 400 Lada Vesta Comfort / Optima $11 300 $11 600

Vesta’ning O‘zbekistondagi savdolari rasman boshlanishini kutishni istamayotganlar Sardor-Avto Invest kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin. Kompaniyaning Toshkent Janubiy vokzali yaqinidagi katta avtosalonida mexanik va avtomat uzatmali Lada Vesta’lar bor — shu yerda mashinaning ichki va tashqi tuzilishi bilan bevosita tanishib, unga baho berish mumkin. Kompaniya xodimlarining ma’lum qilishicha, Vesta’ni so‘rab kelayotgan xaridorlar har kuni topiladi.

Baxtga qarshi, Janubiy vokzalda turgan modellar sotilmaydi — ular aynan avtomobil bilan tanishish uchun qo‘yilgan. Agar buyurtma berilsa, Sardor-Avto Invest bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddat ichida yap-yangi Lada Vesta’ni Rossiyadan olib kelib, xaridorga topshiradi. Shu sababli narxlar ham Lada Uzbekistan’nikidan farq qiladi — eng oddiy Vesta 10,7 mingga baholanayotgan bo‘lsa, lyuks modelning bahosi 13,4 minggacha boradi.

Lada Vesta’ning Sardor-Avto Invest’dagi narxlari

Avtomobil modifikatsiyasi 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi 5 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi Lada Vesta Classic $10 700 $11 600 Lada Vesta Comfort $11 950 $12 400 Lada Vesta Luxe $12 500 $13 000 Lada Vesta Luxe $12 900 $13 400

Aytmoqchi, Lada Uzbekistan ham, Sardor-Avto Invest ham Vesta’larni xalqaro plastik kartalardagi xorijiy valyuta evaziga sotadi.

Agar Siz Lada’ning yangi modelini kutishni istamasangiz va sizni foydalanilgan avtomashina ko‘proq qiziqtirsa, “Avtobor.uz”ga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Ushbu saytda avtomobillar bo‘yicha minglab dolzarb va xilma-xil takliflar orasida o‘zingizga ma’qulini tanlab, avtomobil xarid qilishingiz yoki ijaraga olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн