Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Renault Xitoy uchun 4200 yevro qiymatidagi elektromobil ishlab chiqaradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 342           Дата: 1-02-2016, 19:10          
Renault bosh direktori Karlos Gon Fransiya avtomashina ishlab chiqaruvchi korxonasining Xitoyda 30 000 yuan (4200 yevro) qiymatidagi elektromobil sotish va ushbu rusumdagi transport vositasini boshqa rivojlanayotgan bozorlarga olib chiqish rejasi borligini bayon qildi. Bu haqda “LesEchos.fr” bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.

Renault Xitoy uchun 4200 yevro qiymatidagi elektromobil ishlab chiqaradi

“Xitoy bozoriga qimmat bo‘lmagan elektromobil taklif qilish niyatimiz bor. Bu bozorda yaqin yillarda inqilobiy o‘zgarishlar kutilmoqda”, ― dedi Gon Renault’ning Xitoydagi ilk zavodini ishga tushirish marosimida.

Renault va Nissan bosh direktori Gonning ma’lum qilishicha, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamning darajasidan qat’i nazar, raqobatbardosh bo‘lish kerak. Ayni vaqtda Xitoy hukumati elektromobil xarid qilish niyatida bo‘lgan xaridorlarga 100 ming yuan miqdorida ko‘mak berib kelayotgan bo‘lsa-da, bu yordam faqat mahalliy avtomashinalarga nisbatan tatbiq etilmoqda. Shuning uchun, elektrik transport vositalari, shu jumladan, Nissan’ning arzon elektromobili Renault-Nissan ittifoqining savdo belgilari ostida emas, balki, korxonaning Xitoydagi sherigi Dongfeng yoki boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchining brendi bilan sotuvga chiqariladi.

Ma’lum qilinishicha, ittifoq Osiyo va Janubiy Amerikaning yirik megapolislaridagi ekologik muammolarning ko‘payib ketayotganligiga asoslangan holda faoliyat yuritish niyatida. Shu bilan birga, katta shaharlarning elektrik avtomashinalarga nisbatan bo‘lgan qiziqishi oshib borayotganligiga qaramasdan, arzon neft bu kabi texnikaning avtomashina bozoridagi ulushini cheklab turmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031