Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

GM Uzbekistan avtomobillari O‘zbekistonga nisbatan xorijda arzonroq sotilishi xabar qilindi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 5 499           Дата: 11-07-2014, 22:23          

General Motors Uzbekistan avtomobillari Belorussiyada O‘zbekistonga nisbatan arzon narxda sotilmoqda. Narxlar 2014-yil 1—31-iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Supersena” (“Super narx”) aksiyasi doirasida belgilandi, deb xabar berdi Anhor.uz Belorussiyaning TUT.by portaliga tayanib.

Foto: anhor.uz

Avtomobillar savdo-sotig‘i Belorussiya rublida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda 21 823 100 — 22 795 720 so‘m (9405 — 9825 dollar) bilan narxlangan Matiz Belorussiyada 6800 dollarga, Nexia esa 7800 dollar (O‘zbekistonda 13 493 — 15 410 dollar)ga sotilmoqda. Nisbatlarda hisoblansa, Matiz 30—40 foiz, Nexia esa ikki barobar arzon narx bilan sotilayotganini ko‘rish mumkin.

Belorussiyadagi avtomobillar savdo-sotig‘i bilan shug‘ullanuvchi UzDaewoo avtosalonining saytida salon GM Uzbekistan’ning rasmiy dileri ekani qayd etilgan. Bu esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning xorijda ikki barobar arzonga sotilishini bildiradi, deb yozadi “Anhor”.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda avtomobil xarid qilish uchun navbatga turish, narxning 85 foizini oldindan to‘lash va ma’lum vaqt kutish lozim. Ba’zan avtomobil rangi uchun ham qo‘shimcha pul to‘lanadi.

Shu sababli ayrim o‘zbekistonliklar haydalgan avtomobil sotib olishni ma’qul topadi. Misol uchun, 2—3 yil avval chiqqan, foydalanilgan Matiz iyun oyida 23 400 000 — 27 000 000 so‘m (10 085 — 11 637 dollar)ga narxlandi. Bu esa Belorussiyadagi yangi Matiz narxidan ikki barobar qimmat.

O‘zbekiston va xorijdagi narxlarning bunday katta darajada farqlanishi, O‘zbekiston fuqarolari uchun qimmatga sotish sabablari General Motors Uzbekistan yopiq aksionerlik jamiyatining avtomobillariga qo‘yiladigan 29 foizli aksiz solig‘i bilan bog‘liq.



Источник: www.Daryo.uz

Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

men neksiya 2 olmoqchiman olishim uchun nima qilishim kirak


Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн