Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda rulda telefondan foydalangan militsiya xodimi fuqaroning arizasi sabab jarimaga tortildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 334           Дата: 25-01-2016, 13:30          
Toshkentda fuqaroning arizasi sabab, avtomobilni boshqarish vaqtida qo‘l telefonidan foydalangan militsiya xodimi jarimaga tortildi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Toshkentda rulda telefondan foydalangan militsiya xodimi fuqaroning arizasi sabab jarimaga tortildi

Fuqaro 2015-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i nomiga Nexia rusumli, davlat raqami 01 709 VSF bo‘lgan xizmat avtomobilini boshqarib ketayotgan militsiya xodimi harakat davomida qo‘l telefonidan foydalangani yuzasidan ariza yozgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, ko‘rsatilgan avtomobilni boshqargan IIBB PPXB xodimining xatti-harakatlariga xolisona baho berish maqsadida, xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida fuqaro arizasida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan, militsiya xodimi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-1-moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi to‘g‘risidagi IIBB javob xati 2015-yil 10-oktabrda fuqaroga yo‘llangan.

Toshkentda rulda telefondan foydalangan militsiya xodimi fuqaroning arizasi sabab jarimaga tortildi

2015-yil 24-oktabr sanasida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ariza muallifiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan militsiya xodimidan 260 480 so‘m miqdorida jarima undirilgani haqida javob xati yuborgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-1-moddasiga ko‘ra, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqi (EKIH)ning ikki baravari (25-yanvar holatiga ko‘ra, 260 480 so‘m) miqdorida jarima solinishiga, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, EKIHning uch baravari (390 720 so‘m) miqdorida jarima solinishiga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031