Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda “shoshayotgani uchun” yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqqan Matiz’ga yo‘l berilmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 431           Дата: 22-01-2016, 15:30          
Toshkentning Bratislava ko‘chasida (Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i yonida) “shoshayotgani uchun” yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib, tirbandlikni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan Matiz’ga yo‘l berilmadi. Hodisa videoyozuvi Mover xizmatiga joylashtirilgan.

Toshkentda “shoshayotgani uchun” yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqqan Matiz’ga yo‘l berilmadi

Videoda Shota Rustaveli ko‘chasidan Bratislava ko‘chasiga kirgan avtomobil qarshisidan, qoidalarga zid ravishda yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismidan harakatlanib kelgan, davlat raqami 01 K 093 SA bo‘lgan Matiz chiqib kelganini ko‘rish mumkin.

Videoyozuvni joylashtirgan foydalanuvchi Matiz haydovchisiga yo‘l bermagan, u burilib o‘tib ketmoqchi bo‘lganida esa, oraliq masofani qisqartirib, Matiz’ning harakatlanishiga imkon qoldirmagan. Shundan so‘ng qoidabuzar haydovchi avtomobildan tushib, “yo‘lto‘sar”ga nimanidir tushuntirmoqchi bo‘lgan, “shoshayapman” deb aytgan.

Video muallifining qayd etishicha, Matiz haydovchisi “dahanaki jang”ga kirishgan vaqtda tirbandlikda navbatini kutayotgan militsiya xodimi unga tanbeh bergan, hodisa guvohiga aylangan boshqa bir haydovchi esa “yo‘lto‘sar”ni: “Barakalla, ukam! Oxirigacha yo‘l berma, baribir hech narsa qila olmaydi”, — deb qo‘llab-quvvatlagan.

Oxir-oqibat, Matiz haydovchisi mashinasiga o‘tirib, tirbandlikdagi mashinalar qatoriga qo‘shilishga majbur bo‘lgan. Video ostida fikr bildirgan foydalanuvchilar “yo‘lto‘sar”ning bu harakatini ma’qullagan, Matiz haydovchisini tanqid ostiga olgan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (“Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi”) 2-qismiga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi eng kam ish haqining 10 baravari (22-yanvar holatiga ko‘ra — 1 302 400 so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн