Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Chevrolet odamlarning haqiqiy munosabatini bilish uchun Malibu’dan o‘z logotipini olib tashladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 823           Дата: 18-01-2016, 00:49          

Chevrolet kompaniyasi McCann agentligi bilan hamkorlikda “Aktyorlar emas, haqiqiy odamlar” seriyasidagi navbatdagi reklama mahsulotini omma e’tiboriga havola qildi. Rolikda yangilangan Chevrolet Malibu avtomobilidan barcha brending belgilari olib tashlanib, odamlarning bu mashina haqidagi fikrlari so‘ralgan, deya xabar bermoqda “vc.ru”.

Chevrolet odamlarning haqiqiy munosabatini bilish uchun Malibu’dan o‘z logotipini olib tashladi

Reklama roligida Chevrolet vakili yig‘ilganlarga ularning qarshisida turgan avtomobilning u yoki bu modelga taalluqli ekanini bildiruvchi barcha belgilar olib tashlanganini ma’lum qilib, avtomobil haqidagi fikrlarini so‘ragan. Tajribaning ba’zi qatnashuvchilari oldida Lexus turibdi, deb o‘ylagan, boshqalari Acura, yana bir qator kishilar BMW deb taxmin qilgan.

Odamlar mashina imkoniyatlari bilan tanishgan — unda iPhone smartfonidan salon ichida xavfsiz foydalanish imkonini beruvchi Apple CarPlay tizimi, Teen Driver texnologiyasi (o‘smir haydovchi avtomobilni boshqarayotgan vaqtda, uning harakati haqidagi axborot ota-onasiga uzatib turiladi) mavjud.

Shundan so‘ng, Chevrolet vakili yig‘ilganlardan mazkur avtomobil taxminan necha pul turishi haqida so‘ragan. Tajriba qatnashchilari 50—80 ming dollar oralig‘idagi narxlarni aytib o‘tgan.

Savol-javoblar oxirida odamlar avtomobil haqidagi haqqoniy axborotni oladi. Ularning qarshisida Chevrolet modeli turgani, uning minimal narxi 22,5 ming dollar ekaniga aksariyat qatnashchilar hayron qolgan.

Adweek nashri mualliflarining fikricha, mazkur reklama roligining qadri shundaki, kompaniya o‘z avtomobiliga nisbatan odamlarning haqiqiy munosabatini ochib bera olgan. “Aktyorlar emas, haqiqiy odamlar” reklama kampaniyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad — har oy davomida avtomobillarning chakana savdosi hajmini oshirishdir.

Mazkur reklama kampaniyasi doirasida tayyorlangan boshqa roliklar bilan quyida tanishish mumkin.


Manba: daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн