Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Volkswagen “dizelgeyt” oqibatida Yevropa bozoridagi ulushini yo‘qotdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 385           Дата: 15-01-2016, 19:00          
2015-yilda Yevropadagi avtomobil savdosi 9 foizga oshib, 14,2 million donani tashkil qilsa-da, Volkswagen avtokonserni 2007-yildan buyon ilk marotaba o‘zining bozordagi ulushini yo‘qotdi. Bu haqda Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ACEA) bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.

Volkswagen “dizelgeyt” oqibatida Yevropa bozoridagi ulushini yo‘qotdi

ACEA Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati hamda Shveysariya, Norvegiya va Islandiya bozoridagi savdolarni hisobga oladi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropada dekabr oyida 1,156 millionta avtomashina sotilib (ya’ni yillik ko‘rsatkich bo‘yicha 15,9 foizga oshib), bevosita Yevropa Ittifoqidagi savdolar 1,11 milliontani (+ 16,6 foiz) tashkil qildi.

2015-yilda Yevropa Ittifoqidagi beshta eng yirik bozorning barchasida, shu jumladan, Ispaniyada (20,9%), Italiyada (15,8%), Fransiyada (6,8%), Britaniyada (6,3%) va Germaniyada (5,6%) avtomobil savdosining o‘sishi qayd etildi.

Germaniya Yevropaning eng yirik avtomashina bozori sifatida (3,21 millionta sotilgan avtomashina) o‘z maqomini saqlab qolgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Britaniya (2,63 million) egalladi va Fransiyaga (1,91 million) uchinchi o‘rin nasib qildi.

Ta’kidlanishicha, Yevropa avtomobil bozorining yetakchisi bo‘lib kelgan Germaniyaning Volkswagen konsernining savdosi 2015-yilning dekabr oyida 4,4 foizga, yil boshidan buyon esa 6,2 foizga o‘sgan. Binobarin, dizel dvigatellari bilan bog‘liq mojaro muhitida, kompaniyaning bozordagi ulushi 2015-yilda 0,7 darajaga qisqarib, 24,8 foizni tashkil etdi. Misol uchun, uning asosiy raqibi hisoblangan Fransiyaning Peugeot Citroen kompaniyasi esa o‘zining savdosini o‘tgan oyda 20,7 foizga, yil davomida esa 6 foizga oshira oldi.

Manba: Daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн