Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda jiddiy qoidabuzarliklar sodir etgan avtobus haydovchisi jazolandi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 776           Дата: 21-12-2015, 17:21          

Toshkentda 2-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi avtobusning qoidabuzar haydovchisiga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida xabar qoldirilgan.

Kadr: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Guruh a’zosi 15-noyabr kuni avtomobil registratoriga olingan videoyozuvni tarmoqqa joylashtirdi. Unda Osiyo ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan davlat raqami 01 651 JAA, yo‘nalish raqami 2 bo‘lgan avtobus, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘i yongan vaqtda to‘xtash o‘rniga, Yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib, to‘xtab turgan avtomobillarni quvib o‘tgan va o‘z yo‘lida davom etgan.

Ushbu holatga guvoh bo‘lgan foydalanuvchi Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qilgan. Boshqarma javobida qayd etilgan holat yuzasidan surishtiruv olib borilgani, Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi aniqlangani va unga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgani ma’lum qilingan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)”

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-4-moddasi 1-qismiga muvofiq, svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida (21-dekabr holatiga ko‘ra, 260 480 so‘m), 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi eng kam ish haqining o‘n barobari miqdorida (21-dekabr holatiga ko‘ra, 1 302 400 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Guruhdagi mazkur videoxabar ostida 70 dan ortiq fikr qoldirilgan. Foydalanuvchilarning aksariyati avtobus haydovchisini jiddiy tanqid ostiga olgan, bunday haydovchilar yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘yishini ta’kidlagan.

Poster: The Action Elite

Ayni vaqtda, bir guruh foydalanuvchilar mazkur holatga hazil bilan yondashib, bu Sandra Bullok ishtirokidagi “Tezlik” filmidan lavha ekani, avtobus rulida Sandra Bullokning o‘zi bo‘lganini yozgan.


Manba: daryo.uz


Категория: Авто  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Реклама

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031